00:03 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)
288 0 0

Nizom bilan koronavirus bilan kasalanganalar yaqin muloqotda va muloqotda boʻlgan shaxs tushunchasi belgilandi.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Koronavirusni yuqtirish xavfi darajasiga qarab, koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda boʻlgan shaxslarga boʻlinadi. Bu qaror bilan tasdiqlangan “Koronavirus infektsiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida” nizomda belgilangan.

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda boʻlgan shaxslar doirasiga quyidagilar kiradi:

  • koronavirus aniqlangan shaxs bilan bitta xonadonda yashagan shaxs;
  • koronavirus aniqlangan shaxs bilan bevosita jismoniy muloqotda (qoʻl siqish, quchoqlashish) boʻlgan shaxs;
  • koronavirus aniqlangan shaxs bilan muloqotda (masalan, yoʻtalayotganda) himoyalanmagan shaxs;
  • koronavirus aniqlangan shaxs bilan 2 metrdan kam masofada 15 daqiqadan koʻproq vaqt davomida yuzma-yuz boʻlgan shaxs;
  • 15 daqiqa yoki undan koʻproq vaqt 2 metrdan kam masofada koronavirus aniqlangan shaxs bilan birga yopiq joyda boʻlgan shaxs;
  • tibbiy mutaxassis yoki koronavirus aniqlangan shaxsni bevosita parvarishlagan boshqa shaxs yoki shaxsiy himoya vositalarisiz yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzgan holda koronavirus aniqlangan shaxsning bionamunalari bilan ishlagan laboratoriya mutaxassislari;
  • samolyotda, shaharlararo avtobusda, poyezdda koronavirus aniqlangan shaxsdan har qanday yoʻnalishda ikki oʻrindiq oraligʻida yoki bitta kupeda (poyezdda) boʻlgan, shuningdek, koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxs uchib ketgan samolyotda xizmat koʻrsatgan ekipaj aʼzolari.

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda boʻlgan shaxslar provizor gospital yoki izolyatorga joylashtiriladi.

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan muloqotda boʻlgan shaxslar doirasiga koronavirus infektsiyasi aniqlangan shaxslar bilan bir samolyotda, poyezdda, avtobusda boʻlgan, ammo ular bilan yaqin muloqot qilmagan shaxslar kiradi.

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan muloqotda boʻlgan shaxslar uy karantinida saqlanadilar.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1228)

Asosiy mavzular