06:02 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
482 0 0

Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovning maʼlum qilishicha, kasallik belgilari yoʻqolgan besh fuqaroga tez orada javob beriladi.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov Oʻzbekistonda koronavirus aniqlanganlardan baʼzilariga tez orada javob berilishini maʼlum qildi.

Uning qayd etishicha, bemorlar orasida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilganlari ham bor.

“Ushbu kasallika chalingan besh nafar bemorda kasallik belgilari yoʻqolgan, oʻzlarini yaxshi his etmoqda. Yana besh kun izolyatsiyada saqlab, keyin uylariga javob beramiz”, - dedi Almatov onlayn brifing davomida.

Bahrom Almatovning soʻzlariga koʻra, kasallangan bemorlar orasida chet elda boʻlib qaytmagan, chet elda boʻlib qaytgan shaxslar bilan muloqotda boʻlmagan holatda virusni yuqtirib olgan shaxs ham bor.

Infektsiya 20 yoshli qizda  aniqlangan. U xorijga chiqmagan, bemorlar bilan muloqotda boʻlmagan.

“Bemorning oilasidagilarni ham tekshiruvdan oʻtkazdik, ular sogʻlom. Bu holat hammamizni hushyorlikka chaqiradi”, - dedi u.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlanganlar soni 49 nafarga yetgan. Ularga barcha zaruriy tibbiy yordam koʻrsatilmoqda. Mamlakatda kasallik tarqalishining oldini olishga qaratilgan turli choralar koʻrilmoqda.

Asosiy mavzular