06:24 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)
755 0 0

Bemorlarning 2 nafari Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ulardan birida Saudiya Arabistonida Umra safarida boʻlib qaytgach, koronavirus infektsiyasi aniqlangan.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar orasida mamlakatning turli hududlaridan boʻlgan fuqarolar bor. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Avval xabar berganimizdek, hozirda Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar 55 nafarni tashkil etmoqda.

Jumladan, ayni paytda Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan bemorlar orasida poytaxtdan tashqari, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan boʻlgan fuqarolar ham bor.

“Shuningdek, bemorlarning 2 nafari Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ulardan biri Saudiya Arabistonida Umra safarida boʻlib qaytgach, unda koronavirus infektsiyasi aniqlangan”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, barcha bemorlar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga koʻra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda.

SSV fuqarolardan karantin qoidalariga, jumladan, imkon qadar uydan chiqmaslik, jamoat joylarida toʻplanmaslik, shaxsiy gigiyena kabi qoidalarga qatʼiy amal qilishlarini soʻrab qolgan.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (463)

Asosiy mavzular