03:33 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)
1882 0 0

Ayni paytgacha Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 56 nafarni tashkil etmoqda.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik.  Ayni paytgacha Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 56 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Ushbu infektsiya xorijda boʻlib qaytgan bemor bilan muloqotda boʻlgan bir nafar fuqaroda aniqlangan.

Bundan avval, Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan bemorlar orasida poytaxtdan tashqari, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan boʻlgan fuqarolari borligini maʼlum qilgan.

Shuningdek, bemorlarning 2 nafari Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ulardan biri Saudiya Arabistonida Umra safarida boʻlib qaytgach, unda koronavirus infektsiyasi aniqlangan.

Vazirlik taʼkidlashicha, barcha bemorlar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga koʻra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)

Asosiy mavzular