05:36 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)
653 0 0

Buxoro viloyatida Rossiyadan Moskva-Buxoro yoʻnalishida uchgan va bortida 266 nafar Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan samolyot qabul qilindi.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik. Buxoro viloyatida 24 mart kuni Rossiyadan 614-sonli reys bilan Moskva-Buxoro yoʻnalishida uchgan aviareys qabul qilindi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, samolyot bortida 266 nafar Oʻzbekiston fuqarolari belgilangan tartib-qoidalar asosida kutib olingan.

Ular orasida Buxorodan tashqari, Toshkent shahri hamda viloyati, shuningdek, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo, vodiy viloyatlaridan, qolaversa, Qoraqalpogʻiston respublikasidan fuqarolar boʻlgan.

“Buxoro xalqaro aeroportida tegishli tartibda karantin meʼyorlariga muvofiq qarshi olingan yoʻlovchilar orasidan tana harorati yuqori boʻlganligi sababli 4 nafar fuqaro viloyat Yuqumlik kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan”, - deyilgan xabarda.

Qolgan yoʻlovchilarning har biriga nisbatan tibbiy-profilaktik nuqtai nazardan qattiq nazorat oʻrnatilgan. 

Oʻzbekiston fuqarolarini Moskvadan olib chiqish murakkablashgan – Rosaviatsiya

Eslatib oʻtamiz, hozirda Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar 56 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlar orasida mamlakatning turli hududlaridan boʻlgan fuqarolar bor. Bemorlarning 2 nafari Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (941)

Asosiy mavzular