23:08 01 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
84310

Dunyoda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Toshkent shahri 24 martdan boshlab aholi krib chiqishi uchun rasman yopilgan edi. Undan tashqari maktab va oliygohlarda taʼtil eʼlon qilingan, koʻchalarda tibbiy niqobsiz paydo boʻlish taʼqiqlangan.

TOSHKENT, 26 mar – Sputnik. Oʻzbekistonda COVID-19 virusiga qarshi kurashish va uning tarqalishini  oldini olish maqsadida karantin eʼlon qilindi. Bunga joylarda qay darajada amal qilinayotganligi, ayni kundagi vaziyat bilan tanishish niyatida Sputnik muxbiri jamoat joylarida boʻldi.

Bir oz avval naqd pullar virus tarqatuvchi manbalardan biri boʻlganligi bois, undan foydalanish vaqtinchalik toʻxtatilayotgani haqida maʼlum qilindi. Oʻzbekiston Markaziy banki barcha bank muassasalariga naqd pullarni kamida bir hafta pul omborxonalarida saqlashni tavsiya qilgan edi.

Ammo bu boʻyicha tartib hali oʻrnatilmaganligi bois, mijozlar banklarga naqd pullarni topshirish uchun emas, hozircha AQSH dollarini naqd pulga almashtirish, naqd pulni AQSH dollariga almashtirish yoki joʻnatmalarni qabul qilib olish uchun banklar tashqarisida toʻplanib turishibdi.

Mijozlarning banklar tashqarisiga toʻplanib turishlarining sababi, poytaxtda karantin eʼlon qilinganligi bilan bogʻliq boʻlib, bank ichkarisida odamlarning yigʻilishi virusning oson tarqalishi va yuqishiga turtki boʻlishi mumkin. Shu bois ehtiyot choralari koʻrilgan, mijozlarning barini esa tibbiy himoya niqoblarida koʻrish mumkin.

Siz koʻrib turgan holat Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan “Kapitalbank” va uning mijozlari.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Karantin Toshkentni qanday oʻzgartirdi

Shuningdek, Mirzo Ulugʻbek tumani, Temur Malik koʻchasida joylashgan “Ecobozor” savdo majmuasi ichidagi kichik bankda ham xuddi shunday manzaraga guvoh boʻlish mumkin, mijozlar bank atrofida toʻplanib turishibdi. Bu yerda ham karantin choralariga jiddiy amal qilinib, mijozlar navbat bilan ichkariga kiritilmoqda.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Karantin Toshkentni qanday oʻzgartirdi

Savdo majmuasining baʼzi rastalarida esa sotuvchilar ixtiyoriy ravishda oʻz eʼlonlarini osib qoʻygan boʻlib, unda “Niqobsiz kelganlarga xizmat koʻrsatilmasligi” haqida yozib qoʻyilgan.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Karantin Toshkentni qanday oʻzgartirdi

Majmua ichidagi ovqatlanish boʻlimlarida oʻrindiqlar ham bir chetga yigʻishtirib qoʻyilgan. Aslida shahardagi barcha ovqatlanish shohobchalarida bunday holatga duch kelish mumkin...

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Karantin Toshkentni qanday oʻzgartirdi

Majmua ichidagi dorixonada maxsus himoya qoʻlqoplari tugagan ekan, yuz himoya niqoblari esa donasi 2200 soʻmdan sotilmoqda. Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan dorixonalarning birida esa tibbiy himoya niqobi 2100 soʻmdan sotilmoqda.

Yana bir qiziq holat, hukumat 23 martdan aholiga tibbiy niqobsiz harakatlanishni rasman taqiqladi. Qolaversa, Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Aziz Ikramov ham  Xalqaro pres klubda oʻtkazilgan brifinglarning birida, 25 mart kunidan boshlab fuqarolarning jamoat joylarida niqob bilan yurishi shartligi, kimda kim ushbu tartibga boʻysunmaydigan boʻlsa, unga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanilishi haqida ogohlantirdi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Karantin Toshkentni qanday oʻzgartirdi

Ammo ushbu qonunning ijrosi qay darajada, kim yoki qaysi vakolatli organ tomonidan nazoratga olinayotganligi nomaʼlum. Shu bois ehtimol, koʻchalarda, bozor rastalarida niqobsiz yurgan va bemalol bir biri bilan niqobsiz holda muloqotda boʻlayogan fuqarolarga ham nigohingiz tushadi...

Koʻchada transport vositalaridan oʻz xususiy avtomobillarini boshqarayotganlar yoki kirakash haydovchilarni aytmaganda, biron bir avtobus uchramaydi...

Sputnik karantin bilan bogʻliq oʻz kuzatuvlarini davom ettiradi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Karantin Toshkentni qanday oʻzgartirdi

Asosiy mavzular