10:07 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (538)
417 0 0

Xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolari orasida yangi turdagi koronavirusga chalingan 1 ta holat qayd etilgan.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Avstriyada Oʻzbekiston fuqarosida koronavirus aniqlangan. Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Avazbek Xadjimetov maʼlum qildi.

“Xorijdagi fuqarolarimiz orasida yangi turdagi koronavirusga chalingan 1 ta holat qayd etilgan boʻlib, ushbu bemor hozirda Avstriyada karantinga olingan, ahvoli yaxshi va kasallikning yengil formasi tashxisi qoʻyilgan”, - dedi u.

Xadjimetovning taʼkidlashicha, vaziyat Oʻzbekiston elchixonasining doimiy nazoratida.

Uning bildirishicha, 25 mart holatiga koʻra, Qozogʻistondan 1 450 dan ortiq, Qirgʻizistondan 550 dan ortiq fuqarolarni chegaradan oʻtkazish masalasi hal qilingan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 65 kishini tashkil etmoqda. Barcha bemorlar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga koʻra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda.

Mavzu:
Dunyoda, Rossiyada va Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi (538)

Asosiy mavzular