12:55 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1233)
78912

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Joriy yilning 26 mart kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishni kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor boʻlib oʻtdi.

Unda prezident koronavirus bilan bogʻliq ayni damdagi vaziyat va yuzasidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi va kasallikni yengish uchun birlashish kerakligini taʼkidladi:

“Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Bizda aniqlangan kasallar soni kam-ku, 100 taga ham yetmaydi, xavotirga oʻrin yoʻq, deb xotirjam boʻlish xiyonat hisoblanadi.

Chunki, koronavirus menga yuqmaydi deb befarq yurganlar nafaqat oʻzining, balki ota-onasi, farzandlari, atrofidagilar, qolaversa, butun xalqimizning sogʻligʻi va hayotini katta xavfga qoʻyishini chuqur anglab yetishi kerak”, – deb taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.

Tibbiyot qanchalik rivojlangan boʻlmasin, davlat bunga qancha-qancha mablagʻ ajratmasin, odamlarimiz shifokorlar tavsiyasiga amal qilmasa, tartib-intizomli boʻlib, karantin qoidalariga rioya etmasa, barcha koʻrilayotgan choralarimiz, pandemiyaga qarshi kurashish uchun safarbar qilingan yuz minglab fidoyi insonlarning mehnati behuda ketishi mumkin, – dedi prezident.

Davlat rahbari shuningdek, ayrim hudud rahbarlarini tanqid qildi va  hozirga qadar fuqarolarga murojaat bilan chiqib, yuzaga kelgan vaziyat haqida aholi oʻrtasida tushuntirish choralarini koʻrmayotgani, mahalliy telekanallar, gazeta va jurnallarda, ijtimoiy tarmoqlarda ishlar lozim darajada tashkil etilmayotganini tilga oldi, mahalla fuqarolar yigʻinlari, joylardagi mahalla faollarining roli umuman sezilmayotganiga eʼtiroz bildirdi.

“Koronavirus pandemiyasi butun insoniyat uchun Yaratganning bergan bir sinovidir. Xalqimiz jipslashib, shifokorlarning barcha tavsiyasi, koʻrsatmalariga amal qilsalar, odamlarimiz karantin davrida hayotiy zaruratsiz oʻz xonadonlarini tark etmasa, kasallikning ilk belgilari aniqlanganda, uni yashirmay shifokorlarga oʻz vaqtida murojaat qilsalar, biz bu kasallikni, albatta, yengamiz!”,– deydi Mirziyoyev.

Aholini ijtimoiy va tibbiy muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi. 300 mingta ekspress-test va 500 ta sunʼiy nafas oldirish apparati xarid qilish, xavf yuqori boʻlgan aholi punktlarida koʻchma laboratoriyalar tashkil etish vazifasi qoʻyildi.

Biznes vakillariga qator yengilliklar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1233)

Asosiy mavzular