08:10 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
380 0 0

Koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tufayli talabalarning oʻqishni Oʻzbekistonga koʻchirish boʻyicha murojaatlari qanday hal etilmoqda?

TOSHKENT, 31 mar - Sputnik. Ayni damda Rossiya Federatsiyasida tibbiyot yoʻnalishida oʻqiyotgan talabalar toʻplanib, oʻqishni Oʻzbekistonga koʻchirmoqchi ekanliklarini yuzasidan hukumatga murojaat qilishmoqda. 

“Men Rossiya Federatsiyasida tibbiyot taʼlim yoʻnalishida oʻqiyman. Xabarimiz bor, 16 martdan Oʻzbekistonda karantin eʼlon qilindi. Bu yerdagi oʻzbekistonlik talabalar bilan murojaat qilishga qaror qildik. Hozir bu yerda ham kasallar bor. Biz oʻqishimizni Oʻzbekistonga koʻchirmoqchimiz. Shunga yordam berishingizni soʻraymiz!” – deyiladi talabalar murojaatida.

Shuningdek, ushbu masalada Qozogʻistondagi Muxtor Avezov nomidagi universitet talabasi ham murojaat qilib, oʻqishni koʻchirishda hukumatdan amaliy yordam soʻragan.

Murojaat yuzasidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bosh boshqarma boshligʻi Abduvali Xoliqovning maʼlum qilishicha, qoʻshni davlatlardan oʻqishlarni koʻchirish uchun 7-fevraldan 15 martgacha hujjatlar qabul qilingan.

Shuningdek, oʻqishlarni koʻchirish boʻyicha komissiya iyul oyining 15 sanasidan yana oʻz faoliyatini boshlaydi. Oʻsha vaqtda fuqarolar yana ushbu masalada arizalar topshirishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston ichida oʻqishlarni koʻchirish haqidagi savolga vazirlik "karantin tugaganidan keyin ushbu jarayonlar davom ettirilishini xabar qilgan edi. 

Asosiy mavzular