14:10 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
516 0 0

Toshkent shahridagi tuman hokimliklari dehqon bozorlaridan uzoqda joylashgan 32 ta mahallalarda koʻchma yarmarkalar tashkil qildi.

TOSHKENT, 1 apr - Sputnik.  Karantin vaqtida Toshkentdagi dehqon bozorlaridan uzoqda joylashagan mahallalar uchun koʻchma yarmarkalar tashkil etilmoqda, deb xabar qilmoqda shahar hokimligi.

Mazkur tadbir Mirobod tumanida 28 mart kunidan boshlangan boʻlib, har kuni 3 tadan mahallaga 350-400 kg kartoshka, 100 kg atrofida guruch, 5-6 karobka pista yogʻi, 360-400 dona tuxum hamda 150-200 kg piyoz mahsulotlari yetkazib berilmoqda, - deyilgan xabarda. 

Mirobod tumanida jami 39 ta mahalla boʻlib, shundan 32 tasi dehqon bozorlaridan uzoqda joylashgan. Tadbir davomida mazkur mahallalarga roʻzgʻor uchun zarur mahsulotlar yetkazib beriladi. 

Ushbu choralara aholiga uyidan uzoqqa bormay, oʻzi va yaqinlarining xavfsizligini taʼminlagan holda, zarur xaridni amalga oshirish imkonini beradi, - deyilgan xabarda.

Quyidagi suratlarda Mirobod tumanining “Movaraunnahr”, “Yuksalish” va “Sarikoʻl” mahallalaridagi yarmarkalarga oziq-ovqat yetkazib berish jarayoni aks etgan. 

1 / 3
Yarmarki dlya otdalennыx maxalley

 

 

Asosiy mavzular