Aprel yomg‘irli bo‘ladi - sinoptiklardan ob-havo bashorati

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Mediabankka o‘tishDojd
Dojd - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aprelda yomg‘irlar asosan lokal xarakterga ega bo‘lib, qisqa muddatli hamda momaqaldiroq va shiddatli shamol shamol bilan birga keladi.

TOShKENT, 3 apr - Sputnik. O‘zbekistonda aprel oyi yilning eng yog‘inli oylaridan biri hisoblanadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Gidrometerologiya markazi. 

Aprelda yomg‘irlar qisqa muddatli bo‘lib, momaqaldiroq va shiddatli shamol bilan birga keladi. Shuningdek yomg‘irlar asosan lokal xarakterga ega bo‘ladi.

Tashkentskie dorogi zalilo fevralskim livnem - video - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda kuchli yomg‘ir yog‘di – video

Xususan, 3 aprelda faqat respublikamiz shimoli — Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 4 aprelda janubi-g‘arbiy hududlar — Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida, 5 va 6 aprelda esa shimoliy hududlar va Farg‘ona vodiysidan tashqari respublikamizning qolgan hududida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi.

Shu davrda harorat 17-22 daraja iliq atrofida, ayrim kunlarda 23-25 darajagacha iliq bo‘ladi. Keyinchalik, qisqa tanaffusdan keyin O‘zbekistonda yana yomg‘irli davr bo‘lishi kutilmoqda. Undan so‘ng aprelning oxirigacha quruq va iliq davrlar ob-havo nobarqaror bo‘ladigan yomg‘irli davr bilan almashib turadi. 

Kunduzgi harorat 25-25 darajadan 25-30 daraja issiqqacha o‘zgarib turadi, aprel oyining oxirgi o‘n kunligida 30-33 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim kunlarda yomg‘ir yog‘ayotganda haroratning 13-18 darajagacha pasayish ehtimoli yo‘q emas.

Umuman, aprel harorat rejimi bo‘yicha o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin, ayrim joylarda odatdagidan 1-2 daraja iliq va o‘rtacha nam bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz,  O‘tgan 2019-yil aprel oyi esa eng yog‘inli, mamlakatimizning ayrim mintaqalarida esa O‘zbekistondagi butun meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida eng yog‘inli deb qayd etilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0