12:38 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
59301

Shermatovning aytishicha, shu vaqtgacha efirga ketgan 400 dan ortiq videodarslardan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan 4-5 ta xato topilib, chaynalmoqda. Baʼzi "tashabbuskor"lar, hatto, oʻqituvchilarni obroʻsini toʻkishga harakat qilishmoqda

TOSHKENT, 4 mar - Sputnik. Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov hozirgi ogʻir sharoitda 6 milliondan ortiq oʻquvchilar vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga oʻz hissasini qoʻshayotganlar faoliyatidan xato topib, ularni ustidan kulishga harakatni davom ettirgandan koʻra, umumiy tashqi dushman – koronavirus (COVID-19) epidemiyasi oldida birlashib, oʻzaro yordam berish eng yaxshi yechim boʻlar edi, deb hisoblashini taʼkidladi.

"Adashmasam, MDH davlatlari ichida, aynan Oʻzbekiston birinchilardan boʻlib barcha sinflar boʻyicha 3 tilda inklyuziv (surdotarjima bilan) onlayn darslarni ishga tushirdi.

Kuniga oʻrtacha 100 ga yaqin videodarslar olinishini inobatga olishimiz zarur. Vaqt qisqa ekani, hamda karantinni inobatga olib ishtirokchilar qisqartirilgani sababli, xatolar oʻtib ketishi xavfi yuqori edi. Shu vaqtgacha efirga ketgan 400 dan ortiq videodarslardan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan 4-5 ta xato topilib, chaynalmoqda. Afsuski, baʼzi "tashabbuskor" insonlar tomonidan ushbu xatolarga juda qattiq eʼtibor qaratilib, oʻqituvchilarni obroʻsini toʻkishga harakat boʻlmoqda. Aslida esa koʻp holatda bu harakat oʻzlarining ijtimoiy tarmoqdagi guruhlari va kanallarining faolligini oshirishga qaratilgan", - deyiladi vazir sahifasida eʼlon qilingan postda.

Shermatovga koʻra, hozirgi ogʻir sharoitda 6 milliondan ortiq oʻquvchilar vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga oʻz hissasini qoʻshayotganlar faoliyatidan xato topib, ularni ustidan kulishga harakatni davom ettirgandan koʻra, umumiy tashqi dushman – koronavirus (COVID-19) epidemiyasi oldida birlashib oʻzaro yordam berish eng yaxshi yechim boʻlar edi.

"Agar haqiqatda millatimiz savodxonligi uchun shunchalik kuyinish bor boʻlsa, sizni ushbu jarayonga yordam berishga taklif etamiz. Videodarslar efirga ketishidan avval ularni koʻrib beruvchi muharrirlarga ehtiyoj juda katta", - degan Shermatov va yordam berishni istaydiganlar bit.ly/onlinemaktabyordam orqali bogʻlanishlari mumkinligini eslatib oʻtgan.

Asosiy mavzular