13:36 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
78710

Bu qator cheklovlarni nazarda tutadi. Ushbu talablarni buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka tortilishi mumkin.

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Joriy yilning 6 aprelidan COVID-19 tufayli oʻzini yakkalash hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi.

Respublika komissiyasi qaroriga muvofiq, bu quyidagilarni nazarda tutadi:

  • shaxsning oʻzining yashash hududidagi savdo nuqtalarida birinchi galdagi hayotiy zarur boʻlgan ehtiyojlari (oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni xarid qilish va b.) uchun va shifokor koʻrigiga murojaat etishdan boshqa maqsadlarda chiqishi qatʼiyan cheklanadi, ish joyiga borishi va kelishi bilan bogʻliq holatlar bundan mustasno;
  • harakatlanishda hamda savdo doʻkonlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash talab etiladi;
  • 65 yoshdan yuqori yoshda boʻlgan va surunkali kasalligi boʻlgan fuqarolar oʻz uylaridan oʻta zaruratsiz tashqariga chiqishi qatʼiyan man etiladi.

Ushbu talablarni buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka tortilishi mumkin.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular