11:29 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
48620

Besh ming gektardan ziyod yerga ekilgan ertapishar tarvuzning dastlabki xosili may oyining birinchi oʻn kunligida pishib yetiladi.

TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida poliz mahsulotlaridan tarvuz yetishtirishning oʻziga xos maktabi yaratilgan. Bojxona qoʻmitasi xabariga asosan.

Tumanning Koʻkdala hududida keng quloch yoygan boʻlib, mirishkor dehqonlari tarvuz parvarishlashning intensiv usullarini qoʻllash, serhosil navlarni yetishtirishda ilgʻorlik namoyon etishmoqda. Joriy yilda 14 ming gektar yerga tarvuzning ertachi, oʻrta va kechki navlari ekilishi moʻljallangan.

“Shu yil ham 5 gektar yerga tarvuz ekkanmiz. Biz urugʻni yerga qadaganda qor bor edi. Oʻziga xos mehnati ham boʻldi. Gektaridan 20 tonnagacha xosil olish niyatidamiz. Mahsulotlarimiz butun mamlakatimiz boʻylab tarqaladi, eldan ortganini birinchilardan boʻlib, Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilamiz,” - deydi “Rajab ota” fermer xoʻjaligi rahbari Ulugʻbek Jumanazarov.

Chiroqchi tumanida 385 ta fermer xoʻjaliklari va 591 ta tomorqa egalari tarvuz yetishtirishga bel bogʻlashgan. 5 030 gektar yerga ekilgan ertapishar tarvuzning dastlabki xosili may oyining birinchi oʻn kunligida pishib yetiladi.

Bu yoʻnalishda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan ham zarur chora-tadbirlar belgilab olingan. Hududda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi va poliz mahsulotlarini eksportga joʻnatishda eksportyorlarga doimiy ravishda yaqindan yordam koʻrsatib kelinmoqda.

Bojxona rasmiylashtiruvlarining soddalashtirilgan tartibda “yashil yoʻlak” orqali amalga oshirilishi, tadbirkorlarning qimmatli vaqtini va mablagʻini tejashga, mahsulotlarni sifatini saqlash hamda manzilga tezkor yetib borishlarini taʼminlamoqda. 

Asosiy mavzular