19:02 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
394 0 0

YHXBB fuqarolarning karantin vaqtida avtomobilda harakatlanish bilan bogʻliq eng koʻp soʻragan savollariga javob berdi.

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi karantin vaqtida avtomobilda harakatlanishga oid eng dolzarb savollarga javob berdi.

- Litsenziya bilan taksi xizmati koʻrsatuvchi haydovchilar qanday hollarda yoʻlovchi olib yurishlari mumkin?

- Oʻzbekiston Respubilikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi 17-son yigʻilish bayonining 1-ilovasi 4-bandiga asosan:

- yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanish litsenziyasiga ega boʻlgan yoʻnalishsiz taksilarga oʻzlarining roʻyxatdan oʻtgan maʼmuriy hududi doirasida yoʻlovchilarsiz faqat yetkazib berish xizmatini koʻrsatishi mumkin. Shuningdek, inson hayotiga xavf tugʻdiradigan holatlarda va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiyot muolajalarini olayotgan bemor yoʻlovchilarni tashish mumkin.

- Shaxsiy avtomobiliga ega boʻlmaganlar birga ishlaydigan hamkasblarining avtomobilida birga ishga borib kelishi mumkinmi?

- Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 13 apreldagi 18-son yigʻilish bayonining 11-bandi “g” kichik bandiga asosan:

- xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalaridan faqat ishga borish va qaytish vaqtida foydalanishi belgilangan;

- bir muassasada faoliyat olib boruvchi xodimlar ishga borishda va qaytishda xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarida bir yoʻnalishda birgalikda birga qatnovga ruxsat berilgan.

- Qurilish tashkilotidagi ishchilarni ishga olib borishda qanday ruxsatnoma kerak boʻladi?

- Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 18 apreldagi 19-son yigʻilish bayonining 5-bandiga asosan:

- qurilish tashkilotlari ishchilarini avtotransport vositasida obʼyektga olib kelish uchun (shu jumladan boshqa viloyat hududidan) avtotransport vositasi rusumi, kelish vaqti, yoʻnalishlari va ishchilarning ismi va familiyalari koʻrsatilgan bir martalik ruxsatnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan taqdim etiladi.

- Soat 07:00dan 10:00ga hamda 17:00dan 20:00ga qadar harakatlanishga ruxsat berilgani munosabati bilan shaxsiy avtotransport vositasiga ega boʻlganlar oʻz mashinalarida ish joyiga borib kelishlari mumkinmi?

- Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 apreldagi 20-son yigʻilish bayonining 24-bandi talablariga koʻra, 2020 yil 30 aprel kuni soat 06:00dan boshlab fuqarolarga ish joyiga boribkelishi, tibbiy buyumlar, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun soat 07:00dan 10:00ga hamda 17:00dan 20:00ga qadar viloyatlar markazlari, Nukus shahri va Toshkent shahrida barcha turdagi yengil avtotransport vositasida, shu jumladan, velosiped va mototransportlarda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishiga ruxsat berilgan.

Asosiy mavzular