11:32 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
774 0 0

Koronavirusga qarshi kurashda Oʻzbekiston olim va shifokorlari ham oʻz ishlanmalari bilan hissa qoʻshish maqsadida katta ishlarga qoʻl urgan.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri mamlakatning yetakchi mutaxassislaridan biri, COVID-19 ga qarshi vositalarni ishlab chiqish sohasida masʼul etib tayinlangan, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligining Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi direktori Habibulla Oqilov bilan mamlakatda bu borada qanday ish olib borilayotgani va oʻzbek olimlarining ishlanmalari dunyo tinchligi va farovonligiga taxdid solayotgan COVID-19 infektsiyasiga qarshi kurashda qanday hissa qoʻshishi haqida suhbat suhbatlashdi.

- Koronavirus pandemiyasi (COVID-19) yuzlab mamlakatlarga tarqaldi, minglab qurbonlar mavjud. Habibulla Ataullayevich, aytingchi, Toshkentda ishlar qanday? Poytaxt shifoxonalarida qanday choralar koʻrildi?

- Oʻzbekistonda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar keltiriladigan bir qator tibbiyot muassalari bor, asosan bu viloyat yuqumli kasalliklar kasalxonalari yoki markazlari. Toshkentda fuqarolarni Tibbiyot akademiyasi, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikalariga olib kelishadi.

Bemorlarni kasalxonaga yotqizish va ularning nazorati boʻyicha barcha choralar “Tibbiy va karantin muassasalarida koronavirus infektsiyasining tarqalishining oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston davlat bosh sanitar shifokorining 9 apreldagi 7-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

- Biz bilamizki, oʻzbekistonlik shifokorlar Buyuk Britaniyalik hamkasblari bilan qon zardobini qoʻllash tajribasidagi oʻz ishlanmalari bilan oʻrtoqlashdilar. Ushbu amaliyot oʻzi nima?

- Darhaqiqat, oʻzbekistonlik mutaxassislar nafaqat Buyuk Britaniyadagi hamkasblari bilan, balki Koreya, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Isroil kabi boshqa yetakchi davlatlar mutaxassislari bilan ham maʼlumot va tajriba almashmoqdalar. Toʻplangan tajriba shuni koʻrsatadiki, rekonvalestsent qon plazmasini klinik foydalanilishiga koʻrsatmalar quydagicha:

  • ogʻir va oʻta ogʻir ahvoldagi, nafas olish yoʻllaridan olingan suyuqlik namunalarining natijasi ijobiy boʻlgan COVID-19ga chalingan bemorlar;
  • COVID-19ning yengil shaklini kechirayotgan, immuniteti pasaygan holatdagilar yoki MANK tahlilida Ct-koʻrsatkichi past, ammo oʻpkasining progressiv shikastlanishi faol boʻlgan bemorlar.

Shu bilan birga, kasallikning davomiyligi uch haftadan oshgan COVID-19 boʻlgan bemorlarni davolashda qonning rekonvalestsent plazmasidan foydalanilmaslik kerak. Ammo klinik foydalanish paytida xitoylik mutaxassislar uch haftadan koʻproq vaqt davomida kasal boʻlgan, nafas yoʻllaridan olingan suyuqlik namunalarini oʻrganish ijobiy natija berayotgan bemorlarni davolashda rekonvalestsent plazma terapiyasi samarali ekanligini aniqladilar. Ushbu terapiya virusni yoʻq qilishni tezlashtirishi, qon plazmasidagi limfotsitlar va NK-hujayralari (tabiiy qotillar) sonini koʻpaytirishi, qon plazmasidagi sut kislotasi miqdorini kamaytirishi va buyrak faoliyatini yaxshilashi mumkin.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

  • Plazmaga allergiya, anamnezdagi natriy tsitrati va metilen koʻki.
  • Autoimmun kasalligi boʻlgan yoki A (IgA) immunoglobulini tanlanma tanqisligi bilan ogʻrigan bemorlar uchun anamnezda rekonvalestsent plazmasidan foydalanishning mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirini sinchkov baholash zarur.

- Koronavirusdan davolangan har qanday kishi ham donor boʻlishi mumkinmi? Koronavirus antitelalari bemorlarning qonida qancha vaqt saqlanishi mumkin?

- Har qanday rekonvalestsent ham plazma donori boʻla olmaydi: zardob samarali boʻlishi uchun serokonversiya darajasi yetarli boʻlishi kerak; potentsial donor qon namunalarini olish davrida sogʻlom boʻlishi kerak (qon kasalliklari, surunkali kasalliklarning mavjudligi - gepatit, OIV va boshqalar yoʻqligi, COVID-19 testlarining manfiy natijalari). Plazma, shuningdek, guruh va rezusning moslik omillariga ham mos kelishi kerak.

- Qancha miqdordagi doza eng maqbul?

- Infuzion quyishning umumiy rejasi, rekonvalestsent plazmaning dozasi – bir marotabalik quyish uchun 400 ml dan yoki koʻp marotabalik quyishning bitta muolajasida 200 ml dan.

- Oʻzbek shifokorlari shuning asosida klinik tadqiqotlarni oʻtkazadimi?

- Ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish inkor qilinmaydi. Yangi koronavirus infektsiyasiga oid barcha savollar, tabiiy ravishda, ilmiy tadqiqotlar mavzusiga aylanadi, shu jumladan rekonvalestsent plazmasidan foydalanish masalasi ham.

- Oʻzimizni koronavirusdan himoya qilishimiz mumkinmi?

- Epidemiyaga qarshi tadbirlarga rioya qilish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, niqob taqish, qoʻl gigiyenasi, ijtimoiy masofalanish va boshqalar eng samarali hisoblanadi.

COVID-19 bilan kasallanganlar bilan ishlaydigan shaxslarga gidroksixloroxin profilaktika kurslarini 6-7 kun davomida kuniga 200 mldan parallel gepatoprotektsiya bilan tavsiya etish mumkin.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular