04:11 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
313 0 0

Mamlakatda soʻnggi 14 kun davomida koronavirus infektsiyasidan sogʻayganlar soni kasallanganlar sonidan ortgan.

TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Oʻtgan 11 soat ichida Oʻzbekistonda koronavirus holati qayd etilmadi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

“2020 yil 4 may soat 23:00dan bugun, 5 may soat 10:00 holatiga koʻra, yaʼni oʻtgan 11 soat ichida Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilmadi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlash joizki, mamlakatda soʻnggi 14 kun davomida COVID-19dan sogʻayganlar soni kasallanganlar sonidan koʻp boʻlgan. Faqat oʻninchi kuni ikki holat ham tenglashgan.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda Oʻzbekistonda koronavirus aniqlanganlar soni 2189 nafarni tashkil qilib, sogʻayganlar esa 1405 nafarga yetdi. 10 kishi vafot etgan. Shifoxonalarda 774 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular