13:24 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
234 0 0

Andijon viloyatida 3750 ta tadbirkorlik subʼyekti, jumladan mehmonxonalar, taksi yoʻnalishliari, sartaroshxona va goʻzallik salonlariga faoliyatini tiklashga ruxsat berildi.

TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Andijon viloyatida jami 3750 ta tadbirkorlik subʼyektiga karantin tadbirlariga qatʼiy rioya qilgan holda faoliyatini tiklashga ruxsat berildi. Bu haqda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Viloyat hokimining topshirigʻi bilan 4 maydan:

- viloyatdagi 508 ta transport uyushmasidan 82 tasida litsenziyaga ega boʻlgan 4700 dan ortiq yengil avtomobillarning uyushmalar tomonidan kunlik sanitariya talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritishiga;

- 3643 tasi ayollar va erkaklar uchun sartaroshxona va goʻzallik salonlarni sanitariya talablari asosida oraliq masofani saqlagan holda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi hamda soliq idoralari hodimlari nazorati ostida faoliyatini davom ettirishga;

Ogranicheniya na dvijeniye velosipedov v Tashkente iz-za karantina
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

- 25 ta mehmonxonaning har biriga sanitar vrachlarni jalb etgan holda xonalarni dezinfektsiya qilish va mehmonlarni kunlik tibbiy nazoratdan oʻtkazish orqali faoliyatini tiklashga ruxsat etildi.

Shu bilan birga, viloyatda Oʻzbekiston bosh davlat sanitariya shifokori koʻrsatmasiga asosan pandemiya davrida kasallik tarqalishining oldini olishni toʻliq nazorat qilish imkoniyati yoʻq boʻlgan jami 1096 ta, shundan, 459 tasi umumiy ovqatlanish korxonasi (yetkazib berish xizmati asosida ishlash bundan mustasno), 115 ta toʻyxona, jamoat transportlari (avtobus, mikroavtobus) mavjud boʻlgan 426 ta yirik transport uyushmasi, 24 ta nodavlat-notijorat oʻquv markazzi, 72 ta buyum bozori va savdo komplekslarining faoliyat yuritishi Respublika komissiyasining alohida koʻrsatmasi boʻlgunga qadar vaqtincha cheklab turiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq karantin munosabati bilan oʻrnatilgan Fargʻona shahri ichidagi hamda viloyatlar orasida oʻrnatilgan postlar olib tashlangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular