20:00 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
307 0 0

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Selectel bulutli platformasi mahalliylashtirilgan ilk mamlakat boʻlgan.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Rossiyaning Selectel yetakchi bulutli provayderi Oʻzbekistonda biznesni raqamlashtirishda ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. Loyiha uch yilga moʻljallangan va uning qiymati bir million dollar atrofida.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Selectel bulutli platformasi mahalliylashtirilgan ilk mamlakat boʻldi.

“Biz Oʻzbekistonni ilk tashqi bozor sifatida tanladik, chunki mamlakatning iqtisodiy salohiyatini va hukumatning raqamli davlat va iqtisodiyot qurishga intilishlarini koʻrib turibmiz. Bulutli texnologiyalar ushbu jarayonning ajralmas qismi hisoblanadi. Biz Selectel yechimlari nafaqat shiddat bilan rivojlanayotgan IT-sanoatida, balki Oʻzbekiston uchun anʼanaviy biznes sohalarida ham talabgir boʻlishiga ishonamiz”, - dedi Selectel bosh direktori Oleg Lyubimov.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda Selectel Office ofis dasturlari va koʻp funktsiyali SelectelChat messenjeri, yaʼni, qulay va samarali ishlarni tashkil qilish uchun biznes-ilova mavjud. Iyul oyiga qadar Selectel bulutli platformasi ishga tushiriladi. Bu har qanday miqyos va murakkablikdagi raqamli mahsulotlar uchun tez va arzon infratuzilmani yaratishga imkon beradi.

Maʼlumot uchun: Selectel - bulutli xizmatlarni va maʼlumotlar markazi xizmatlarini taqdim etuvchi Rossiya provayderi. Kompaniya CNews Analytics tomonidan tuzilgan Rossiyadagi yuzta eng yirik IT-kompaniyalar reytingiga va bulutli infratuzilma taʼminotchilarining ilk beshtaligiga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev qarori bilan 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab davlat organlari va ularning boʻlinmalari orasida hujjat aylanishi va hisobotlar - faqat elektron koʻrinishda amalga oshirilishi belgilangan.

Asosiy mavzular