03:14 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
205 0 0

Gʻalabaning 75 yilliga munosabati bilan Toshkentda yangi Gʻalaba bogʻi ochiladi. Uning qurilishi karantinga qaramasdan davom etmoqda.

TOSHKENT, 8 may - Sputnik. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan videoanjumanda soʻzga chiqqan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Oʻzbekistonda Gʻalabaning 75-yilligi qanday kutib olinishini aytib berdi.

“Biz veteranlarga nafaqat 9 may arafasida, balkim butun yil davomida katta hurmat va ehtirom bilan munosabatda boʻlmoqdamiz. Ularni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan koʻplab ijtimoiy tadbirlar oʻtkazilmoqda”, - dedi Senat raisi.   

Bu yil Oʻzbekistonda bayram juda katta tantana bilan kutib olinadi. Oʻzbekiston prezidenti tashabbusi bilan Toshkent markazida Gʻalaba Bogʻi qurib bitkazilmoqda. Uning qurilishi karantin boʻlishiga qaramasdan yakunlanadi.

"Yangi bogʻ oʻzbek xalqining Gʻalabaga qoʻshga hissasini aks ettiradi, bobolarimiz qahromonligini, onalarimiz fidokorligini  abadiylashtiradi", - dedi Narbayeva.

Shuningdek, 2020 yil davomida Oʻzbekistonda yoshlar orasida tarbiyaviy mazmunli Ikkinchi jahon urushida erishilgan gʻalabagi bagʻishlangan bir qator tadbirlar oʻtkazish ham rejalashtirilgan.

Narbayeva aytishiga koʻra, Oʻzbekiston MDH hukumatlararo Assambleyasining barcha loyihalarida ishtirok etmoqda. Oʻzbekistonning MDHda raislik kontseptsiyasi doirasida ham Gʻalabaning 75-yilligiga bagʻishlangan bir qator tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, lekin pandemiya tufayli baʼzi tadbirlar keyinroq muddatlarga qoldirildi.

Quyida Narbayeva nutqini rus tilida tinglashingiz mumkin.

Tanzila Narbayeva rasskazala, kak Uzbekistan vstrechayet yubiley Pobedы

 

Asosiy mavzular