19:25 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (50)
58911

Shavkat Mirziyoyev yangi barpo etilgan Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurdi. Prezidenti dastlab “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi.

TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Bugun Oʻzbekistonda Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi keng nishonlanmoqda.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtda oʻtkazilayotgan bayram tadbirlarida ishtirok etmoqda. 

Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu Oda stoykosti
Press-slujba
Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti"

Davlat rahbari 9 may kuni ushbu shonli sana munosabati bilan barpo etilgan Gʻalaba bogʻiga tashrif buyurdi. 

Oʻzbekiston xalqi Ikkinchi jahon urushida gʻalabani taʼminlashga ulkan hissa qoʻshgan. Lekin bu jasoratni bor koʻlami bilan koʻrsatib beradigan yaxlit majmua yoʻq edi. Oʻtgan yili prezidenti ulkan bogʻ barpo etib, xalq qahramonligini abadiylashtirish tashabbusini ilgari surgan edi.

Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu Oda stoykosti
Press-slujba
Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti"

Shundan soʻng, ilmiy-ijodiy jamoatchilikning takliflari, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida badiiy-meʼmoriy kontseptsiya ishlab chiqildi. Davlat rahbari bu boradagi loyihalar bilan bir necha bor tanishdi. Toshkent shahrining Olmazor tumanida 12 gektardan ziyod joy ajratilib, ulkan qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 

Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu Oda stoykosti
Press-slujba
Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti"

Gʻalaba bogʻi har biri alohida mavzuga ega boʻlgan ikki qismdan iborat. Birinchisida oʻzbekistonliklarning janglardagi ishtirokidan lavhalar, ikkinchisida front ortidagi respublika hayoti aks etgan.

Prezidenti dastlab “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi. 

Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu Oda stoykosti
Press-slujba
Shavkat Mirziyoyev vozlojil tsvetы k memorialnomu kompleksu "Oda stoykosti"

Bu yodgorlik qandaydir badiiy obraz emas, unga hayotda boʻlgan voqea – moʻʼtabar ona va uning oilasi toʻgʻrisidagi haqiqat asos qilib olingan. 

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Xonobod qishlogʻida yashagan Zulfiya aya Zokirova Ikkinchi jahon urushida bir emas, besh oʻgʻlidan – Isoqjon, Ahmadjon, Mamajon, Vahobjon, Yusufjon ismli aziz farzandlaridan judo boʻlgan. Uning toʻrt kelini beva, besh nabirasi yetim boʻlib qolgan. Kelinlari ham Zulfiya ayadan oʻrnak olib, oʻz oilasiga sodiq qolgan, boshqa turmush qurmagan.

Oʻtgan yilgi Xotira va qadrlash kunida davlat rahbari Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh oʻgʻli, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab muhtasham haykal oʻrnatish hamda unga “Matonat madhiyasi” deb nom berish taklifini bildirgan edi.

Bu tashabbusni jamoatchilik qizgʻin qoʻllab-quvvatladi. Shu mavzuda maqolalar, sheʼrlar va badiiy film yaratildi. 

Bugun Gʻalaba bogʻining markazida ushbu muazzam obida qad rostlab turibdi.  

“Bu Oʻzbekistondagi barcha onalarga qoʻyilgan haykal. Ushbu yodgorlik butun xalqimiz uchun qutlugʻ ziyoratgohga, oila, muhabbat, vafo va sadoqat timsoliga aylanib qoladi. Bu yerga kelgan yoshlar millatimizning qonida boʻlgan fazilatlarni anglab, ularni qadrlab yashashga intiladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Asosiy mavzular