23:14 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (50)
40210

Toshkentga evakuatsiya qilingan chkalovchi-aviasozlar Ikkinchi Jahon urushi paytida frontni aviatsiya bilan taʼminlabgina qolmay, balki Oʻzbekiston hayotida ham faol ishtirok etganlar. Ular Sirdaryodagi Farhod GES va Shimoliy Toshkent kanali qurilishida yordam berishgan.

TOSHKENT, 11 may - Sputnik. Toshkentda boʻlgan birinchi kunlaridanoq, Ximkidan Oʻrta Osiyoga yoʻlda shafqatsiz sinovlarni boshidan kechirgan zavod ishchilari oʻzbek xalqining samimiyligi va mehmondoʻstligini his qilishdi. Ular ushbu gʻamxoʻrlikka respublika farovonligi uchun oʻzlarining iltifoti va jasorati bilan javob berishdi.

Sovuq Moskvadan eshelonlar urushdan yiroqdagi ularni yaqinlari sifatida kutib olishgan hududlarga yetib kelishdi. Chkalovchilardan biri, muhandis A. Gordinskiy "Sharq yulduzi" jurnalida chop etilgan qaydlarida shunday eslaydi.

"Koʻpchilik vagondan tushishi bilanoq toʻgʻri oʻzbek oilalariga tushishgan. Ular bizga boshpana berdi va oʻzlarida bor narsa bilan boʻlishdilar. Bu yerdagilar bizning ishchilarimiz, muhandislarimiz, hizmatchilarimiz, ularning oilalari oʻz tugʻilib oʻsgan joylaridan, mulklaridan, uy-joylaridan ayrilganlarini tushunishgan. Bu yerdagilar biz Toshkentga mamlakatimiz uchun zarur ish uchun kelganimizni tushunishgan... Koʻpchilik toshkentliklar, hatto katta oilalar ham, uylarida bir nechta xona boʻlsa, bitta yoki hatto ikkitasini ham boʻshatib berishgan".

T.M. Galustyan, zavod tibbiy qismi boshligʻi shunday eslaydi: "Aholini haddan ortib ketishi, evakuatsiya qilinganlarning katta oqimi Toshkentning tibbiy xizmatini kuchaytirilishini talab qildi. Epidemiya xavfi maktablarning bir qismini kasalxonalarga berishga majbur qildi. Bizga esa shahar hukumati tibbiy statsionar uchun Semashko nomidagi poliklinikani va bitta maktabni berdi. Shuningdek, shahar xokimiyati tibbiy xodimlar, dori-darmon va jihozlar bilan taʼminlashni ham oʻz zimmamizga oldi».

Zavodni kutib olishga tayyorgarlik

Shahar kengashi va Oktyabr tumani kengashi shoshilinch ravishda katta fabrika-oshxona tashkil etish uchun zavod yaqinidagi yana bir maktabni taqdim etdilar. Mahsulotlar shahar atrofidagi kolxozlardan keltirilgan. Sabzavotlar, mevalar va goʻshtni olib keltirib turgan bir nechta "Qizil karvonlar" tashkil etilgan. Aviasozlar uchun hatto parhez taomlari va qandolatchilik mahsulotlari ham tayyorlangan.

Bugungi kunda maʼlumki, Toshkent aviasozlarning birinchi eshonlari kelishidan ancha oldin uchrashuvga tayyorgarlik koʻrgan. 1941 yil 19 oktyabrda Oktyabr tumani partiya qoʻmitasining qarorida quyidagicha yozilgan:

"Qurol-yarogʻ ishlab chiqarishda aviatsion zavodning alohida ahamiyatini hisobga olgan holda, tuman kengashi qoʻmitasi byurosi zimmasiga zavodning xoʻjalik-sanoat, maishiy va madaniy masalalarini hal qilishda doimiy yordam koʻrsatish yuklatilsin... 1942 yil yanvar oyi davomida zavod ishchilariga kamida 500ta kvartira topshirilsin, doimiy ravishda mehnatkashlar orasida lektsiyalari va boshqa madaniy tadbirlar oʻtkazilsin".

Predsedatel Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR YU.Axunbabayev  i Pervыy sekretar TSK KP (b) Uzbekistana U.Yusupov
Predostavleno muzeyem TMZ
Predsedatel Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR YU.Axunbabayev i Pervыy sekretar TSK KP (b) Uzbekistana U.Yusupov

Maktablar tez fursatda yotoqxonalarga qayta jihozlandi. Oktyabr tumani ijroiya qoʻmitasi boʻlimida butun uy-joy fondi hisobga olindi, aviasozlarning joylashlashtiriluvi belgilandi. Oʻsha kunlarda shahar aholisi Kengash ijroiya qoʻmitasiga kelib, chkalovchilarni oʻz uylariga joylashtirishni taklif qilishgan. Shu tariqa, etikdoʻz T.Bekhonov oilasi elektr tsexi konstruktori, keyinchalik fyuzelyaj tsexining dispetcheri F.I.Babushkinni qarindoshlarcha oʻz uyiga qabul qildi. Uy egalari har kuni mehmonga kechqurunga ovqat qoldirganlar, shunda u kechqurun ishdan qaytgach, kechki ovqat haqida tashvishlanmas edi. Ular uy-joy va ovqat uchun har qanday haq haqida eshitishni ham xohlamaganlar. Bu kabi misollar minglab.

Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasining birinchi kotibi Usmon Yusupov va Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi Yoʻldosh Oxunboboyev zavod Toshkentga kelgan dastlabki kunlaridanoq aviasozlar jamoasiga doimiy eʼtibor berib keldilar. Ularning oʻzlari va respublikaning boshqa partiya va hukumat rahbarlari tez-tez tsexlarga tashrif buyurib, ishchilar bilan suhbatlashdilar va chkalovchilarning moddiy-texnik taʼminoti va madaniy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga yordam berdilar.

Ibrat namunasi

Ishlab chiqarish oʻsib kengaydi. Yanada koʻproq ishchi kuchi talab qilinar edi. Zavodga mahalliy aholi ham kela boshladi. Ularga ular uchun yangi mutaxassisliklar oʻqitilishi kerak edi. Birinchi navbatda parchinlovchilar, revolverchilar, payvandchilar, misgarlar va yigʻuvchilar kerak edi.

Podgotovka k pokraske samoleta na zavode TAPOiCH
Predostavleno muzeyem TMZ
Podgotovka k pokraske samoleta na zavode TAPOiCH

Tajribali "ximkiliklar" oʻqituvchi va murabbiy boʻldi. S.M.Yegorov D.M.Matushkin, V.F.Toropilkina, V.I.Kirillin, B.C.Letunov va koʻplab boshqalar oʻz bilimlari, koʻnikmalari va tajribalarini cheklangan vaqtda berish uchun sabr-toqat va qatʼiyatlilik koʻrsatdilar. Biroq, yangi shogirdlarni oʻqitishda baʼzi qiyinchiliklar vujudga keldi. Nazariyani oʻkitishga joy va amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishga ustahonalar boʻlmagan.

Shu munosabat bilan ishlab chiqarish ustaxonalarini tashkil etish uchun aloqa texnikumi binolari zavodga topshirildi. Birinchi oylarning oʻzida bir necha ming kishi oʻqitildi va ish bilan taʼminlandi. Toshkentdagi faoliyatning birinchi yilida aviasozlar jamoasi tarkibida 1700 mahalliy ishchi, shu jumladan, 400 ga yaqin ayollar keldi. Aynan shu paytda zavodga I.Akmalov, T.Qosimov, U.Nuritdinov, SH.Usmanxodjayev, S.Botirovlar keldi.

V.A. Ismailov- lider molodejnoy brigadы,  nagrajden ordenom Otechestvennoy voynы pervoy stepeni. Klepalщitsa M.Aliyeva v godы voynы (1)
Predostavleno muzeyem TMZ
V.A. Ismailov- lider molodejnoy brigadы, nagrajden ordenom Otechestvennoy voynы pervoy stepeni. Klepalщitsa M.Aliyeva v godы voynы (1)

Yosh oʻzbekistonlik yigit Vadim Ismoilov zavodda eng yuqori natijaga erishgan brigadani tashkil etdi. Bu brigada 1944 yil aprelida u meʼyorni 241 foizga oshirib, front brigadasi faxriy unvoniga sazovor boʻldi. Urush mobaynida ushbu brigada 13 marta mudofaa zavodlarining front brigadalari oʻrtasidagi musobaqalarda gʻolib deb topilgan. 1945 yilda Ismoilov birinchi darajali Vatan urushi jangovar ordeni bilan taqdirlandi.

B.Bektashev, P.Volf, N.Efimov, A.Popovlarning birinchi front brigadalari jamolariga mehnat qahramonlari sifatida qaralgan. Ular tenglashishga, ulardan oʻrganishga, ularga taqlid qilishga intilishgan.

Oʻnlab yillar oʻtgach zavodda, front brigadalarida ish boshlanganlarning avlodlari ishlashni davom ettirishdi. Masalan, Rasulovlar oilasi: otasi birinchi oʻzbek ishchilaridan biri boʻlgan, urushdan keyin esa uning oʻn olti qarindoshi zavodda ishladi.

Gʻamhoʻrlikka javoban

Oʻzbekiston zaminida aviatsion zavodining tashkil etilishi respublika uchun muhim voqea boʻlgan. Sanoat salohiyati rivojlanishi bilan yosh milliy kadrlar tarbiyalanib bordi. Ular toʻgʻridan-toʻgʻri ish joylarida oʻqishdi, Ximkilik ishchilarining tajribasini oʻrganishdi.

Aviasozlar yangi doʻstlariga yordam berish uchun har tomonlama harakat qildilar. Frontda nafaqat samolyotlar, balki non, paxta, guruch, yogʻ kerakligini tushungan, chkalovchilar Oʻzbekiston xalqining tashvishlariga javoban traktorlar va boshqa qishloq xoʻjalik texnikalarini taʼmirladilar. Shuningdek qishloq aholisi uchun, yuz minglab mahkamlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarilgan.

Zavod Shimoliy Toshkent kanali quruvchilariga katta yordam berdi. Ular uchun 500 ta kirka va lopatka, 300 ta lom yasaldi, avtomobillar taʼmirlandi. Bularning barchasi jamoaning aql bovar qilmaydigan saʼy-harakatlari jangovar samolyotlar ishlab chiqarishga qaratilgan bir paytda amalga oshirildi. Faol ishtiroki va koʻrsatilgan yordami uchun Shimoliy Toshkent kanalining tuman shtabi zavod xodimlariga Qizil Bayroq topshirdi.

© Wikipedia / CC BY-SA 3.0
Severnыy Tashkentskiy kanal

Toshkent va Toshkent viloyatiga koʻplab evakuatsiya qilingan korxonalarning koʻchirilishi, yangilarining qurilishi va mavjudlarini rekonstruktsiya qilinishi elektr energiyasiga boʻlgan talabni bir necha bor oshirdi. Shu bilan butun Toshkent sanoat bogʻlanmasini elektrenergiya bilan taʼminlash uchun beshta gidroelektrostantsiyani, shu jumladan Sirdaryodagi Farhod GESini, foydalanishga topshirishga qaror qilindi.

Golovnoye soorujeniye Farxadskoy gidroelektrostantsii (GES).
© Sputnik / A. Goryachev
Golovnoye soorujeniye Farxadskoy gidroelektrostantsii (GES).

Aviasozlar, boshqa korxonalar qatori, bu ishga faol qoʻshilishdi. GES quruvchilariga zarur materiallar, asboblar, xoʻjalik jihozlari yuborildi, ular uchun uskunalar taʼmirlandi, zarur qismlar tayyorlandi. Ishchi kuchi bilan ham yordam berildi.

Zavod ishchilari orasida Ulugʻ Vatan urushi frontlari janglarida bevosita qatnashgan  va keyin jonajon zavodiga qaytganlar ham boʻlgan. Ular koʻp boʻlgan. Ular orasida modelchi I.P.Kuznetsov, boʻyoqchi M.I.Panchuk, nazorat ustasi M.A.Kozlov, tokar P.D.Lebedev, tsex nazoratchisi G.N.Avakov, charxlovchi S.M.Afonchikov, usta A.YA.Yarulin, nazorat ustasi G.N.Polshin, shturman V.V.Demagin. Ularning barchasi jangovar orden va medallar bilan taqdirlangan.

Koʻplab chkalovchilar frontda dala sharoitlarida buzilgan samolyotlarni taʼmirlashgan.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Asosiy mavzular