23:50 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (880)
127610

Bir sutka davomida Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 35 taga koʻpaygan boʻlsa, 101 kishi sogʻaydi. Davolanish koʻrsatkichi 80 foizga yetdi.

TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Bugun, 11 may soat 16:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2482 nafarni tashkil qilmoqda.

Oʻzbekiston MDH davlatlar orasida bemorlar soni boʻyicha 8-chi oʻrinda.

Tuzalish dinamikasi

Oʻzbekistonda koronavirusdan toʻliq tuzalganlar soni - 1982 nafarga yetdi. Davolanish koʻrsatkichi 80 foizga yetdi.

Bugunning oʻzida 101 bemor  sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Xususan Toshkent shahri (36), Buxoro (23), Samarqand (14), Fargʻona (11) va Sirdaryo (1) viloyatlari. 

Kasallikning yangi oʻchogʻi

Respublika maxsus komissiyasi joriy yilning 9 va 11 may kunlari Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida kornavirus bilan kasallanishning yangi oʻchoqlari yuzaga kelgani, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi takliflarini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq, Navoiy viloyatining boshqa shahar va tumanlari toifasiga oʻzgartirish kiritmagan holda “Sariq” toifada boʻlgan Zarafshon shahri “Qizil” toifadagi hududga oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Unga koʻra, koronavirus infektsiyasining tarqalishi bilan bogʻliq epidemiologik holatdan kelib chiqib, “qizil” toifadagi hudud uchun muayyan faoliyat turlari yuzasidan belgilangan cheklovlar Zarafshon shahrida vaziyat (kamida 14 kun davomida) barqarorlashgunga qadar saqlanib qoladi.

Dunyo boʻylab tarqalishi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatlarga yetib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 3,9 million ziyod kishi yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib oldi, 274 ming kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (880)

Asosiy mavzular