13:39 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
351 0 0

Rossiyada bosh vazir, madaniyat vaziri va vazirlar mahkamasi raisi v.b.dan soʻng prezident matbuot kotibi ham koronavirusga chalindi.

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham COVID-19ga chalinganini maʼlum boʻldi. Bu haqida RIA Novosti xabar qilmoqda. 

Prezident matbuot kotibi ayni damda shifoxonada. Uning rafiqasi Olimpiya chempioni Tatyana Navkada ham koronavirus aniqlanib, shifoxonaga joylashtirilgan. 

Bu Rossiya hukumatining yuqori lavozimli mansabdorlariga koronavirus yuqishining birinchi holati emas. 30 aprel kun bosh vazir Mixail Mishustin ham COVID-19ga chalinganini xabar qilgan edi. Shuningdek vazirlar mahkamasi raisi vazifasini bajaruvchi Andrey Belousov ham kasallikka chalingani xabar qilingan edi. 

Shuningdek, 1 may kuni Rossiya qurilish vaziri Vladimir Yakushev, 6 may kuni esa Madaniyat vaziri Olga Lyubimovada koronaivirus aniqlangan edi.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Rossiya koronavirusga chalinganlar soni boʻyicha dunyoda 2-oʻringa chiqqan. COVID-19ga chalinganlar soni 230 mingdan oshib ketgan. Vafot etganlar 2100 nafardn oshgan. Dunyo boʻyicha 

Asosiy mavzular