01:10 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
232 0 0

Moskva musulmonlar xayriya jamgʻarmasi pandemiya tufayli ogʻir sharoitda qolgan mehnat migrantlariga oziq-ovqat yetkazib bermoqda.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. "Rossiya Segodnya" xalqaro axborot agentligida boʻlib oʻtgan onlayn konferentsiya vaqtida Rossiya musulmonlar kengashi rahbari Albir Krganov Hukumat va jamoat tashkilotlarini mehnat migrantlariga oziq-ovqat yordami berishga chaqirdi. 

"Mehnat migrantlariga yordam koʻrsatish muhimdir. Pul bilan emas balkim oziq-ovqatlar bilan. AQShda ham muhtoj kishilarga oziq-ovqat tarqatilmoqda, jumladan kosher va halol oziq-ovqatlar ham. Rossiya hududida koronavirus tarqalishini oldini olish boʻyicha tezkor shtab ana shunday yordam koʻrsatishi mumkin edi. Haqiqatda yordamga muhtoj kishilar juda koʻp. Hududlardagi jamoat tashkilotlari ham ushbu ishga qoʻshilishlari mumkin edi, dedi Rossiya muftiysi", - dedi Albir Krganov. 

Mosol tariqasida Rossiya musulmonlar kengashi rahbari "Biz siz bilan" loyihasini keltirdi. Uning doirasida yordamga muhtoj kishilarga har biri 2 ming rubl boʻlgan 5000ta oziq-ovqat toʻplamlari tarqatilgan.

Krganov aytishiga qaraganda Rossiya chegaralarida ham migrantlar bilan muammolar bor, chunki "ayrim davlatlar ularni qabul qilishni istamayapti". 

Shu bilan birga muftiy pandemiya sharoitida Rossiya shifokorlari migrantlarga hech qanday hujjat talab qilmasdan yordam koʻrsatayotganliklarini qayd etib oʻtdi. 

"Biz Rossiyada mehnat migrantlariga tibbiy yordam koʻrsatishdan voz kechilgan holatlari haqida eshitmadik. Shifokorlar hujjat soʻramay davolashmoqda. Bu toʻgʻri", - dedi Krganov. 

Biroz oldin "Zakot" nomli islom xayriya fondi hamjamiyati rahbari Rifat Izmaylov Moskva musulmonlari mehnat migrantlariga ruhiy va gumanitar yordamni oʻz faoliyatlarining asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylantirishganini xabar qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra koronavirus pandemiyasi tufayli ogʻir vaziyatda qolgan MDH musulmonlariga oziq-ovqat toʻplamlari yetkazib berilmoqda. 

Asosiy mavzular