14:32 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
169 0 0

Fargʻonada koronavirus bilan kasallangan soʻnggi bemor butunlay sogʻaydi va hudud koronavirusdan xoli hudud maqomiga ega boʻldi.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Fargʻonada koronavirus bilan kasallangan soʻnggi bemor butunlay sogʻaydi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Fargʻonada tuzalgan soʻnggi 40 yoshli bemor Oltiariq tumanidan. Fuqaro virusni muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan edi.

Shunday qilib, viloyatdagi koronavirusga chalingan 157 nafar bemorning barchasi butunlay sogʻaydi va viloyat koronavirusdan xoli hududga aylandi.

Hozircha uchta viloyat koronavirusdan xoli hudud maqomiga ega: Qashqadaryo, Jizzax va Fargʻona viloyatlari.

Oʻzbekiston boʻylab koronavirusdan butunlay sogʻayganlar soni 2077 nafarni tashkil etmoqda. Davolanish koʻrsatkichi deyarli 80 foizga yetgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular