02:51 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
103221

Oʻzbekistonda koronavirusdan toʻliq tuzalganlar soni 2136 nafarga yetdi. Davolanish koʻrsatkichi 81 foizga yetdi.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2636  nafarni tashkil qilmoqda.

Tuzalish dinamikasi

Oʻzbekistonda koronavirusdan toʻliq tuzalganlar soni 2136 nafarga yetdi. Davolanish koʻrsatkichi 81 foizga yetdi.

Bugunning oʻzida Toshkent shahar (33) va Samarqand (26) viloyatida koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlar sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Davolanayotgan 489 nafar bemordan 11 nafari ogʻir ahvolda.

Fargʻona viloyati - koronavirusdan xoli hudud

Fargʻona viloyati koronavirusdan xoli hududga aylandi. 

Fargʻonada tuzalgan soʻnggi bemor (40 yoshli erkak) Oltiariq tumanidan boʻlib, koronivirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgandi.

Viloyatdagi fidoyi shifokorlar saʼy-harakati tufayli koronavirus infektsiyasiga chalingan 157 nafar bemorning barchasi butunlay sogʻaydi.

Xitoy yordami

Xitoydan Oʻzbekistonga COVID-19 ga qarshi kurash uchun insonparvarlik yordamini yetib keldi.

Xitoyning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabar qilishicha, respublikaga tibbiy kiyimlar, jarrohlik niqoblari, koʻzoynaklar va kontaktsiz elektron termometrlar olib kelindi. Yukning umumiy ogʻirligi 12 tonnadan oshadi.

V Uzbekistan dostavlena chast gumanitarnogo gruza iz Kitaya dlya borbы s koronavirusom
Posolstvo Kitaya v Uzbekistane
V Uzbekistan dostavlena chast gumanitarnogo gruza iz Kitaya dlya borbы s koronavirusom

Mahalliy avia va poyezd qatnovlari

Oʻzbekistonda mahalliy aviaqatnovlar va tezyurar poyezdlar harakati tiklanadi. Xususan, Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni tiklash, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Fargʻona vodiysiga poyezd qatnovini qayta yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

Dunyo va COVID-19

COVID-19 dunyoning 180 dan ortiq davlatga yetib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 4,35 milliondan oshdi, 297 ming kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular