18:56 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
30701

Oxirgi kunlarda infektsiya yuqtirganlar soni oshayotgani tufayli Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq Oʻzbekistonda karantin tartibi 1 iyunga qadar uzaytirildi.

TOSHKENT, 15 may - Sputnik. Maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, Oʻzbekiston hududida koronavirus boʻyicha karantin 1 iyunga qadar uzaytirildi, bu haqida Koronavirus-Infro telegram kanali xabar qilmoqda. 

"Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 14 maydagi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020 yil 1 iyunga qadar uzaytirildi",- deyilgan xabarda. 

Eslatib oʻtamiz, 13 may kuni oʻtkazilgan prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Respublikada epidemiologik vaziyat hali toʻliq iziga tushmagani, joylarda berilgan erkinliklar tufayli aholi, ayniqsa, yoshlar hech qanday zaruratsiz koʻchalarni toʻldirib yurishi holatlari kuzatilayotganligi aytib oʻtilgan edi. Ushbu holatlar tufayli oxirgi kunlarda infektsiya yuqtirganlar soni yana oshayotgani qayd etilgan edi.

 

 

Asosiy mavzular