21:59 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
40301

BSST maʼlumotlariga koʻra, koronavirusning tarqalishini toʻliq nazorat qilish uchun insoniyatga kamida besh yil vaqt talab qilinadi.

TOSHKENT, 15 may - Sputnik. Koronavirus OIV kabi, insonga xos boʻlgan navbatdagi virusga aylanishi mumkin, deydi BSSTning favqulodda holatlar boʻyicha dasturi rahbari Mayk Rayan, deb yozadi VVS.

"Bu virus endemik boʻlib qolishi mumkin. U hech qachon yoʻqolmasligi mumkin. Hech qayoqqa yoʻqolib ketmagan OIV singari. Ammo biz uni nazorat qila oldik, terapevtik vositalarni topdik va endi odamlar bu virusdan unchalik qoʻrqmayapti. Odamlar OIV tashhisi bilan ancha vaqt yashaydi. Shuning uchun vaziyatga real qarash juda muhimdir. Biz virus ustidan gʻalaba qozonishga qancha vaqt kerakligini bilmaymiz", - dedi Maykl Rayan.

JSST maʼlumotlariga koʻra, koronavirusning tarqalishini toʻliq nazoratga olish uchun insoniyatga kamida besh yil vaqt talab etiladi.

Rayanning soʻzlariga koʻra, hozirda 100 dan ortiq potentsial vaktsinalar ishlab chiqilmoqda, ammo vaktsinalari mavjudligiga qaramay, qizamiq kabi boshqa kasalliklar hamon yoʻq qilinmagan.

Eslatib oʻtamiz, Djons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻylab 4,3 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, vafot etganlar soni 300 mingga yaqinlashgan.

Oʻzbekistonda kasallanganlar soni 2652 kishini tashkil etmoqda. 2136 kishi davo topdi. 11 kishi vafot etdi.

Asosiy mavzular