22:36 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
186 0 0

Sirdaryoda viloyatida qiymati 2 trillion 143 milliard soʻmlik 323 ta katta-kichik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Sirdaryo vilotining Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida joriy yilda 10 mingga yaqin ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Mirzaobod tumanidagi tashrifi davomida maʼlum qilindi.

Taʼkidlanishicha, tumanning “Navbahor” mahallasi hududida 360 kvartirali 9 ta koʻp qavatli uy barpo etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, “Navbahor”, “Haqiqat” va “Yangiovul” mahallalarida jami 616 ta kottej taʼmirlanadi.

Davlat rahbari mirzaobodlik nuroniylar, mahalla faollari va xonadon egalari bilan uchrashdi. Uy-joylar va infratuzilmani tiklash, elektr energiya, gaz, ichimlik suvi taʼminoti va yoʻllarni taʼmirlash boʻyicha zarur choralar koʻrilayotgani aytildi.

“Qisqa vaqtda qiymati 2 trillion 143 milliard soʻmlik 323 ta katta-kichik loyihalar shakllantirildi. Ularni tatbiq etish hisobiga Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida joriy yilda 10 mingga yaqin ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan”, - deyilgan davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Jumladan, Mirzaobod tumanida jami 1 trillion 12 milliard soʻmlik 143 ta loyiha amalga oshirilib, 4,5 mingdan ziyod ish oʻrni tashkil etilishi moʻljallangan.

“GulistonGoldYarn” MCHJ tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish, “Mirzaobod Limonchilik klasteri” MCHJ tomonidan zamonaviy tipdagi issiqxona tashkil etish, “Samoviy baxt quvonchi” MCHJ tomonidan oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarish loyihalari shular jumlasidandir.

Mirzaobodlik jabrdiydalarga ham, Sardobada boʻlgani kabi, tegishli sertifikat va pul mablagʻli bank kartochkalari tarqatildi.

Prezident bu yerda ham qurilishi rejalashtirilgan turar joylarning poydevoriga tamal toshi qoʻydi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular