19:51 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
87310

Moliya vazirligi davlat moliyaviy mablagʻlaridan foydalanishda oqilonalik, tejamkorlik va samaradorlik printsiplariga amal qilish kerakligini eslatib qoʻydi.

TOSHKENT, 15 may - Sputnik. Oʻzbekiston moliya vazirligi Qurilish vazirligi tomonidan Toyota Land Cruiser 200 avtomobilini, istisno tariqasida,  tanlovlarsiz sotib olish haqidagi hujjat loyihasiga eʼtiroz bildirdi. 

"Davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflikni, raqobat va xolislikni, asoslanganlikni, moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligini taʼminlash davr talabi", - deyilgan Moliya vazirligining eʼtiroznomasida.

Shuningdek, Moliya vazirligi prezidentning 2019 yil 13 avgustdagi PF-5780-sonli farmonining 27-bandida koʻrsatilganidek, vazirlik va idoralarva mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat xaridlarini amalga oshirishda istisno tarzida toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish huquqini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish taqiqlanganini eslatib oʻtgan.

Maʼlumot uchun, Toyota Land Cruiser 200 rusumli yoʻltanlamas avtomobilining narxi Oʻzbekistonda oʻrtacha 1,5 mlrd soʻmdan boshlanadi. 

Asosiy mavzular