03:06 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
312 0 0

Shavkat Mirziyoyev suv toshqinidan aziyat chekkan oqoltinliklarga ham sertifikat va 40 million soʻmli pul mablagʻli bank kartochkalarini topshirdi.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev suv toshqinidan talafot koʻrgan Oqoltin tumanida ham boʻlib, aholi vakillari bilan uchrashdi.

Uy-joylar qurish va taʼmirlash, aholi salomatligini himoya qilish, infratuzilma obʼyektlari va qishloq xoʻjaligi maydonlarini tiklash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib oʻtildi. Oqoltin tumanining “Haqiqat” mahallasida 800 xonadondan iborat 20 ta koʻp qavatli uy barpo etilishi taʼkidlandi.

Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 1 ming 800 ga yaqin beton panelli kottej mavjud boʻlib, ular suv toshqinidan koʻp zarar koʻrmagan. Ularni zamonaviy taʼmirlab, oʻz egalariga topshirish rejalashtirilgan. Shu maqsadda mamlakatimizning barcha hududlaridan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari boshchiligida 305 ta qurilish tashkiloti va 12 mingga yaqin quruvchilar Sirdaryoga yetib kelgan.

Oqoltin tumanidagi “Shodlik”, “Saxovat”, “Ahillik” mahallalarida va “Uchtom” aholi punktida jami 657 ta kottej taʼmirlanadi. “Shodlik” mahallasidagi uylar Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatiga, “Ahillik” mahallasi va “Uchtom” aholi punkti Surxondaryo viloyatiga, “Saxovat” mahallasidagi turar joylar Toshkent shahriga biriktirilgan.

Tumanda 8,7 ming gektar ekin maydonlarini suv bosgan. Sardoba va Mirzaobod tumanlaridagi kabi, bu yerda ham koʻchma nasoslar yordamida bu suv qochirildi. Asrab qolish mumkin boʻlgan gʻoʻzani chopiq va kultivatsiya qilish, qolgan joylarda boshqa ekinlar ekish choralari koʻrilmoqda.

Oqoltin tumanida jami 789 milliard soʻm qiymatidagi 95 ta loyiha hisobiga 3,5 mingga yaqin ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan. Misol uchun, “APK Oqoltin” korxonasi tomonidan oʻsimlik yogʻi, “Oqoltin Mega Tekstil Grup” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Prezident suv toshqinidan aziyat chekkan oqoltinliklarga ham sertifikat va 40 million soʻm pul mablagʻli bank kartochkalarini topshirdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq suv toshqinidan jabr koʻrgan Sardoba va Mirzaobod tumanlari aholisiga ham shuncha miqdorda yordam koʻrsatilgani xabar qilingan edi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular