11:02 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
414 0 0

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov qayerda koronavirusga test topshirib, maʼlumotnoma olish mumkinligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Oʻzbekistonda samolyot va poyezd yoʻlovchilari uchun COVID-19ga test topshirish joyi va narxi maʼlum qilindi.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov soʻzlariga koʻra, tibbiyot muassasalarida koronavirusga test tekshiruvi bepul amalga oshiriladi. Biroq tiklanayotgan avia va temir yoʻl qatnovi yoʻlovchilari uchun boshqa vaqtinchalik tartib mavjud.

"Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi farmoniga muvofiq, yoʻlovchilar laboratoriya tekshiruvlari pullik asosda oʻtkaziladi. Bitta tahlilning narxi 224 ming soʻmni tashkil etadi. Tekshiruv Toshkentda Respublika OITSga qarshi kurash markazida, Qoraqalpogʻiston va mintaqalarda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarida oʻtkaziladi”, - dedi Nurmat Otabekov.

Eslatib oʻtamiz, yangi tartibga koʻra, samolyot va poyezdlarga koronavirus infektsiyasiga test tahlillari olinganiga 120 soatdan koʻp boʻlmagan va tahlil natijasi manfiy ekanligi haqidagi maʼlumotnomaga ega yoʻlovchilar qoʻyiladi.

Asosiy mavzular