19:03 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
202 0 0

“Mashtakovo” nazorat-oʻtkazish punkti yaqinida boʻlib turganlar roʻyxati tuzildi hamda tashkiliy va transport masalalari hal qilindi. Jami 1100 nafar oʻzbekistonlikning vatanga olib kelinishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga binoan Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegarasida toʻplangan Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish masalasi ishlab chiqildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qilmoqda.

Mamlakatning Moskva va Ostona shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan “Mashtakovo” nazorat-oʻtkazish punkti yaqinida boʻlib turgan vatandoshlarimiz roʻyxati tuzildi hamda tashkiliy va transport masalalari hal qilindi.

“Vatanimizga mazkur roʻyxatga kiritilgan jami 1100 nafar hamyurtimiz olib kelinadi. Xususan, 2020 yil 18 may va 19 may kunlari 550 nafardan vatandoshimizning avtobuslarda Oʻzbekistonga qarab yoʻlga chiqishi rejalashtirilgan. Ular yetib kelishlari bilan 14 kunlik karantinga joylashtiriladi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, ularni Rossiya-Qozogʻiston chegarasi orqali Oʻzbekistonga olib kelish istisno tariqasida va diplomatik vakolatxonalar tomonidan avvaldan shakllantirilgan roʻyxat asosida amalga oshirilmoqda. Qoʻshimcha roʻyxat tuzish koʻzda tutilmagan.

Vazirlik Rossiya hududida boʻlib turgan fuqarolardan “Mashtakovo” nazorat-oʻtkazish punkti yoki boshqa Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegarasini kesib oʻtish punktlariga borishga urinmasliklari, hozirda boʻlib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin choralariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻrab qolgan.

TIV fuqarolarni Qozogʻiston hududi orqali Oʻzbekistonga olib kelishning qayta boshlanishi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.

Asosiy mavzular