02:33 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
39301

Moskvada istiqomat qiluvchi taniqli tojik shifokori koronavirusni qanday boshdan kechirgani va davolanganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Moskvada istiqomat qiluvchi taniqli tojik shifokori va “Rossiya tojiklari ittifoqi”ning sobiq raisi Abdullo Davlatov yaqinda koronavirus kasalligini boshdan kechirdi.

Davlatovning soʻzlariga koʻra, u bemorlarni davolash vaqtida koronavirusni yuqtirib olgan.

Shifokor avvaliga unda koronavirusning hech qanday alomatlari boʻlmaganini maʼlum qilgan.

“Birinchi tahlillarim yaxshi edi. Ammo asta-sekin nafas olishda qiyinchilik paydo boʻldi. Pulsoksimetriya qonda kislorod 95 foiz ekanini koʻrsatdi. Bu ogohlantirish edi, xatar haqida bong urush emas”, - deya yozadi shifokor.

Shifokor bir necha kundan soʻng 15 may kuni kompyuter tomografiyasini qildirgan va u COVID-19 yuqtirib olganini koʻrsatgan. Keyin uni zudlik uni kasalxonaga yotqizishgan.

Davlatovning maʼlum qilishicha, u uch kun shifoxonada boʻlgan va hozir unga javob berishgan.

Shifokor uni  gidroksixloroxin va azitromitsin bilan davolashganini aytib bergan. Ammo bu dorilarni faqat shifokor tavsiyasi va muayyan miqdorda isteʼmol qilish kerak.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular