Tashkent City saylgohi bugundan yana ishga tushdi

© Tashkent City Park Tashkent City snova otkrit
Park Tashkent City snova otkrit - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashkent City saylgohi 20-maydan boshlab yana ishga tushdi. Ba’zi cheklovlar bor: restoran va kafelar hozircha ishlamayapti, barcha tashrif buyuruvchilar niqib taqib, o‘zaro masofani saqlab yurishlari shart.

TOShKENT, 20-may - Sputnik. Tashkent City bog‘i yana o‘z darvozalarini ochmoqda, kechqurunlari musiqiy favvora ajoyib namoyishlarini boshlaydi deb xabar qilmoqda loyihaning Instagram sahifasi.

"20-maydan boshlab, Tashkent City sayilgohi yana mehmonlarni kutib olishga tayyor. Gulli daraxtlar, ajoyib bog‘lar va qiziqarli suhbatlar uchun keng o‘rindiqlar yana barcha tashrif buyuruvchilar uchundir. Kunning shovqinini unuting va dekorativ favvoralar oldida, suvning mayin ohangida shaharning yashil tusga kirgan markazini kuzatib dam oling", - deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, sayilgohning ba’zi majmualari, jumladan, bolalar o‘yin maydonchalari, planetarium, mashhurlar muzeyi va restoranlar vaqtincha yopiq va o‘z ish faoliyatini birozdan so‘ng davom ettiradi. Sayilgohning ish vaqti: 10:00 dan 20:00 gacha.

Sayilgohga barcha tashrif buyuruvchilar tibbiy niqob taqib yurishlari va o‘zaro masofani saqlashlari lozim. Ikki kishidan ortiq guruhlariga kirish ma’n etiladi, oilaviy tashriflar bundan mustasno.

Yangiliklar lentasi
0