10:37 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
124 0 0

1 apreldan Toshkent shahrida koʻchmas mulkni olishda doimiy propiskaga ega boʻlish talab qilinmasligini koʻzda tutuvchi tartib joriy etilgan.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” qonun Oʻzbekiston prezidenti tomonidan imzolandi.

Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, Oʻzbekistonda doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan koʻchmas mulk sotib olinganda mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun shartnoma summasining 5 foizi miqdordagi davlat bojining alohida stavkasi chiqarib tashlandi.

1 apreldan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkni olishda Oʻzbekiston fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega boʻlish talab qilinmasligini koʻzda tutuvchi tartib joriy etilgan.

Asosiy mavzular