12:07 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
29110

Prezident Oltinkoʻl tumanidagi “Koʻhna vodiy bahori” fermer xoʻjaligida boʻlib, gʻalla va gʻoʻza rivojini koʻzdan kechirdi.

TOSHKENT, 21 may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari dastlab Oltinkoʻl tumanidagi “Koʻhna vodiy bahori” fermer xoʻjaligida boʻlib, gʻalla va gʻoʻza rivojini koʻzdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev posetil xozyaystvo Kuxna vodiy baxori v Altыnkulskom rayone Andijaskoy oblasti
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev posetil xozyaystvo "Kuxna vodiy baxori" v Altыnkulskom rayone Andijaskoy oblasti

Prezident gʻoʻza qator oralariga soya ekish boʻyicha Andijon tajribasini yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

“Fermer dalaga reja uchun emas, daromad uchun kirishi kerak. Soya ekilsa, bitta maydondan ikki barobardan ziyod daromad olish, yana koʻproq odamlarni ish bilan taʼminlash mumkin. Undan olinadigan moy ham, omixta yem ham juda sifatli, bozorbop. Toʻgʻri, bu qiyin. Lekin qaysi ish oson?” - deya savol qoʻydi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev posetil xozyaystvo Kuxna vodiy baxori v Altыnkulskom rayone Andijaskoy oblasti
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev posetil xozyaystvo "Kuxna vodiy baxori" v Altыnkulskom rayone Andijaskoy oblasti

Agrotexnologiyalarni rivojlantirish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetining Andijon viloyati filiali negizida qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida alohida oliy taʼlim muassasasi tashkil etish muhimligi taʼkidlandi.

Fermer xoʻjaligida 60 kishi doimiy va mavsumiy ish bilan taʼminlangan. Chorvachilik, asalarichilik yoʻlga qoʻyilgan.

Shu yerda paxtachilik, gʻallachilik va meva-sabzavotchilik klasterlari hamda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Prezident qayta jihozlangan avtobusda tashkil etilgan sayyor laboratoriya bilan ham tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev posetil xozyaystvo Kuxna vodiy baxori v Altыnkulskom rayone Andijaskoy oblasti
Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s peredvijnoy agroximicheskoy laboratoriyey na baze pereoborudovannogo avtobusa.

Asosiy mavzular