10:22 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
79120

FVV Oʻzbekistoning 4 viloyatida 600 ming gektar ekin maydonlarini chigirtkadan tozalash boʻyicha tadbirlar oʻtkazmoqda.

TOSHKENT, 21 may - Sputnik. Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqa ixtisoslashgan muassasalar bilan birgalikda viloyatlarda chigirtka tarqalishiga qarshi tadbirlar oʻtkazmoqda

Tadbirlar Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Fargʻona viloyatlarida oʻtkazilmoqda. mavsum davomida 600 ming gektardan ortiq ekin maydonlariga kimyoviy moddalar bilan ishlov berish rejalashtirilgan. Ayni damda 180 mingdan ortiq chigirtka tarqalishi avj olgan hududlarga ishlab berib boʻlingan.

Tadbirlarda 300 ga yaqin texnika vositalari va 500 dan ortiq muassasa xodimlari ishtirok etishmoqda. Jumladan qoʻlda ishlov berish uskunalari, traktorlar, deltaplan va samolyotlardan foydalanishdi.  

FVVning  chigirtka tarqalishiga qarshi qaratilgan tadbirlari iyun oyining boshiga qadar davom etadi.

 

 

Asosiy mavzular