11:29 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
462 0 0

Biz suvni qancha koʻp ichsak, shuncha koʻp minerallar tanadan yuvilib chiqadi. Yaʼni natriy, kaliy, magniy va kaltsiy hujayra va suyaklardan tortib olinadi.

Salla desa, kalla olib keladi baʼzi odamlar. Taxminan xuddi shu holat suv isteʼmoli bilan ham sodir boʻladi. Koʻpchilik, suvning moʻʼjizaviy kuchiga ishongan holda oʻzlarini zoʻrlab, kuniga 8 stakandan  suv ichmoqda. Biz aniq fanning bu haqida nima deb oʻylashini aniqladik.

Ehtimol, ikki litr qoidasi 1945 yilda Amerika Oziqlantirish boʻyicha Komissiyasi tomonidan eʼlon qilingan tavsiyalardan kelib chiqqan. Unda aytilishicha, kattalarga kuniga oʻrtacha ikki yarim litr suv kerak boʻladi. Biroq, tom maʼnoda keyingi jumlada ushbu suyuqlikning katta qismi oziq-ovqat va boshqa ichimliklar tarkibida ekanligi aniqlandi, ammo bu izohga eʼtibor berilmadi.

Xuddi shu kabi holat deyarli 30 yildan keyin mashhur "Yaxshi sogʻliq uchun ovqatlanish" kitobida qaytarildi. Unda ham diyetologlar kuniga olti-sakkiz stakan suv ichishni tavsiya qilishgan, ammo bu miqdor nafaqat oddiy suvni, balki meva, sabzavot, gazli ichimliklar, qahva va hatto pivoni ham oʻz ichiga olgan. Ammo yana, jamoatchilik ongida faqat "sakkiz stakan" haqidagi maslahat qoldi.

Natijada, suv tanqisligi boʻlgan mamlakatlardan tashqari, butun sayyoradagi odamlar koʻpincha meʼyoridan ortiq ichishadi va bu mutlaqo zararsiz emas. Ortiqcha suvning tanaga zarari asta-sekin va sezilmaydigan tarzda paydo boʻladi, ammo vaqt oʻtishi bilan muammolar osteoporozdan, ich qotishi va bosh ogʻrigʻi bilan boshlanadi, yaʼni hammasi aksincha tus oladi. Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, suvdan zaharlanish yoki suvdan intoksikatsiya tananing suyuqlik bilan toʻlib ketishi natijasida roʻy beradi, dedi terapevt Nikita Xarlov Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

"Biz qancha koʻp suv ichsak, suv bizni shuncha quritadi, yanada koʻproq minerallar tanadan yuvilib chiqadi, va natriy, kaliy, magniy va kaltsiyni toʻldirish uchun tana ushbu minerallarni hujayralar va suyaklar oʻz vazifalaridan mahrum qilib tortib oladi. Darvoqe, bu holat suvni juda tez ichsak ham sodir boʻladi. Eng oddiy misol – tarkibida juda oz miqdorda tuzlar boʻlgan suvni ichuvchi marafonchilar.  Tarkibida yetarli miqdorda minerallar boʻlmaganligi tufayli yurak normal qisqarmaganligidan toʻhtashi havfi bor".

Doktor Xarlovning fikriga koʻra, eng yuqori darajada shoʻrlangan mineral suv ichish yaxshidir. Ammo turli hil minerallarni olish uchun suvni vaqti-vaqti bilan oʻzgartirish kerak. Shuningdek zarar yetkazib qoʻymaslik uchun oshqozon-ichak traktining holatini, oshqozon va boshqa organlarning kislotaliligini ham hisobga olish kerak. Agar siz faqat oddiy suv ichsangiz, unda qoʻshimcha choy qoshiqning toʻrttan biri miqdorida osh tuzini isteʼmol qilish yaxshiroqdir.

Nikita Xarlovning soʻzlariga koʻra, ushbu hikoyaning eng yoqimsiz tomoni shundaki, biz tanamiz bilan boʻlgan aloqani halokatli ravishda yoʻqotmoqdamiz va tana signallariga quloq solmayapmiz. Bu signallar esa har doim biz oʻylaganimizdan ham ishonchliroqdir. Shuning uchun chanqoqlik suv ichish vaqti kelganligining eng muhim signalidir. Chanqash minglab yillar davomida inson evolyutsiyasi uchun juda yaxshi ishladi va hech qachon muvaffaqiyatsiz boʻlmagan. Agar chanqagan boʻlsangiz – suv iching.

Muallif Olga Gavrilova, Sputnik Radiosi

Asosiy mavzular