05:22 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (965)
94310

Bugunning oʻzida 32 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 2 668 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 27 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikada koronavirus bilan bogʻliq boʻlgan asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 74 kishida koronavirus aniqlandi, oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 3 355  nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 32 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Jami sogʻayganlar soni  2 668 nafar.

Ayni paytda 659 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ahvoli ogʻir — 4 nafar.

14-chi oʻlim

Camarqandlik 63 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi.

Paxtachi tumanida yashovchi bemor 19 may kuni viloyat ogʻir ahvolda  yotqizilgan. Tahlillar natijasida unda Covid-19 infektsiyasi tasdiqlangan.

Bemor 3 yildan buyon I-guruh nogironi boʻlib, surunkali buyrak yetishmovchiligi va anemiya ogʻir darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida turgan. 2017 yildan buyon doimiy gemodializ muolajasini olib kelgan.

25 may kuni bemorning ahvoli yomonlashgan, burundan va ichki qon ketish belgilari paydo boʻlgan va reanimatsiya boʻlimiga olingan.

Koʻrsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan bemor oʻtkir nafas va yurak  qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

“Qizil” hudud

Toshkent viloyatining Bekobod va Nurashfon shaharlari hamda Qibray, Toshkent va Yuqori Chirchiq tumanlari epidemiologik jihatdan “qizil” hududga oʻtkazildi.

“Sariq” hududlarga Angren, Chirchiq shaharlari, Bekobod, Quyi Chirchiq, Chinoz, Oʻrta Chirchiq tumanlari kiradi.

Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Ohangaron, Boʻka, Boʻstonliq, Piskent tumanlari “yashil” hududlar qatorida.

Yana bir koronavirusdan xoli hudud 

Xorazm — koronavirusdan xoli hududga aylandi. Xorazmda tuzalgan 3 nafar fuqaro bilan viloyatda koronavirus infektsiyasi qayd etilgan jami 233 nafar bemorning barchasi sogʻaydi.

Uyga qaytganlar

Birlashgan arab amirligidan 1,28 ming kishi uyga qaytdi. Vatanga keksa, kasal, homilador fuqarolar va bolali ayollar birinchi galda qaytarildi.

Shuningdek, Moskvadan Toshkentga “Oʻzbekiston havo yoʻllari” samolyotida 275 nafar fuqarolar olib kelindi.

Qoʻshimcha poyezd

Toshkent - Andijon yoʻnalishida qoʻshimcha poyezd qatnovi boshlandi. Poyezd qatnovi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan karantin davrida mahalliy yoʻnalishlarda temir yoʻl qatnovlarini yoʻlga qoʻyishning Vaqtinchalik tartibiga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. 

Dunyo salomatligi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatga yetib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan kishilarning soni 5,6 milliondan oshdi, 350 ming kishi vafot etdi, 2,3 million kishi sogʻaydi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (965)

Asosiy mavzular