00:20 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
1466 0 0

Masalan, yashil hududlarda sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyatiga ruxsat teriladi. Batafsil materialimizda oʻqing

TOSHKENT, 30 may - Sputnik. Oʻzbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirildi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi axboroti eʼlon qilindi.

Shu bilan birga 2020 yil 1 iyundan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda:

"qizil" hududlarda: rieltorlik faoliyati; reklama va marketing faoliyati; 

"sariq" hududlarda "qizil" hududlarga qoʻshimcha ravishda:

➖ avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar faoliyati (bunda, nazariy mashgʻulotlar masofadan turib (onlayn) oʻqitish orqali amalga oshirilishi, amaliy mashgʻulotlar esa sanitariya talablariga qatʼiy rioya qilgan, shu jumladan, tibbiy niqob, tibbiy qoʻlqopdan foydalangan hamda avtotransport vositalarini dezinfektsiya qilgan holda tashkil qilinishi lozim);

➖ davlat tashkilotlarida autsorsing asosida ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subʼyektlari faoliyati;

"yashil" hududlarda "sariq" hududlarga qoʻshimcha ravishda:

➖ sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyati (xostellar bundan mustasno);

➖ sport sektsiyalari, toʻgaraklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyati;

➖ oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish.

Bunda oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining oʻzida 30 kishidan koʻp boʻlmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat beriladi.

Oʻz navbatida karantin davrida oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazishning belgilangan talablarini buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Barcha hududlarda ularning toifasidan qatʼi nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinishi belgilandi:

☑️jamoat joylarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash;

☑️uch kishidan ortiq yigʻilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanishi;

☑️taʼlim tashkilotlari (bogʻcha, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar), oʻquv kurslari faoliyatini yoʻlga qoʻymaslik;

☑️koʻngilochar obʼyektlar – tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter oʻyinlari markazlari faoliyatiga yoʻl qoʻymaslik;

☑️kontsert, teatr, kinoteatr va sport tadbirlarini (professional futbol klublari oʻquv mashgʻulotlari va Oʻzbekiston professional futbol ligasi chempionatlari bundan mustasno) oʻtkazmaslik;

☑️jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;

☑️buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat bermaslik;

☑️dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik doʻkonlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37 °S va undan yuqori boʻlgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini koʻrish;

☑️barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfektsion “toʻshak”lar bilan taʼminlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini taʼminlash;

☑️qurilish-taʼmirlash ishlarida obʼyektlarning hududi toʻliq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda obʼyektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga toʻliq rioya qilish, oʻz faoliyatini faqatgina tegishli obʼyekt hududi doirasida tashkil etish.

Asosiy mavzular