01:03 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
280 0 0

Soʻnggi 7 soat ichida yana 29 kishida koronavirus tasdiqlandi. Ularning aksariyati karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlandi.

TOSHKENT, 31 may — Sputnik. Oʻzbekistonda yana 29 ta yangi koronavirus holati aniqlandi.

“2020 yil 31 may soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 3583 (+29) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Yangi aniqlangan kasallanish holatlarining 28 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 tasi Buxoro viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqaroda aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 2837 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar sogʻaygan. Jami 14 ta oʻlim holati qayd etilgan.

Asosiy mavzular