16:46 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (969)
73810

Nurmat Otabekovning soʻzlariga koʻra, koʻpchilik karantin qoidalariga rioya qilmay qoʻygan va niqoblarni haftalab almashtirmaydi.

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing oʻtkazildi. Unda mutaxassis nega koronavirus aholi orasida koʻpaygani yuzasidan fikr bildirdi.

“Karantin choralari yumshatilganidan soʻng koʻpchilik karantin qoidalariga rioya qilmay qoʻydi. Niqoblarni haftalab almashtirmay, ijtimoiy masofaga rioya qilmay qoʻyishdi. Keng aholi qatlami bilan muloqot boshlanib ketgani natijasida aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlana boshlandi”, - dedi u.

Nurmat Otabekov aholi orasida kasallanish surʼati shu tarzda oshib borsa karantin tadbirlari yanada kuchaytirilishi mumkinligini taʼkidladi.

Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda aholining bir-biri bilan muloqotini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kasallikka qarshi kurashishda koʻproq samara bergan va berib kelmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (969)

Asosiy mavzular