14:12 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
242 0 0

“Zamin” fondi, jismoniy holatidan qatʼi nazar, barcha bolajonlarga quvonch ulashishga tayyor. Zero, siz koʻzimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!”, - deyilgan tabrikda.

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston birinchi xonimi, “Zamin” fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva bolalarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborakbod etdi.

“Aziz bolajonlar! Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! Oʻzbekistonimizning har bir oʻgʻil-qizi tinch-osuda yurtda, ota-onasi bagʻrida, jismu joni salomat boʻlib ulgʻayishini tilayman”, - deyiladi tabrikda.

Ziroat Mirziyoyeva bugungi kunda dunyo bolalari kattalar qatori asosiy vaqtini uyda oʻtkazishga majburligi taʼkidlagan. Ayni oʻynab, harakat qiladigan yoshda bu oson emas, albatta. Biroq vaziyat shuni taqozo etmoqda.

“Oʻgʻil-qizlarim. Tashqi olam bilan bogʻlanish imkoni cheklangan boʻlsada, sizning imkoniyatingiz cheklanmagan! Uyda ham badiiy asar mutolaa qilib, orzu-oʻylaringizni tasvir yoki musiqada ifodalab, qoʻshimcha fanlar, xorijiy tillar, shuningdek, ona Zaminimizni oʻrganishingiz, internet orqali bilim va tafakkuringizni kengaytirishingiz mumkin”, - deya qoʻshimcha qilgan Mirziyoyeva.

Qayd etilishicha, “Zamin” fondi Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun taʼlimni rivojlantirish dasturini taqdim etmoqda. Loyiha doirasida maxsus maktablarni zamonaviy yordamchi uskunalar bilan jihozlash, oʻqitish usullarini takomillashtirish koʻzda tutilgan. Eng asosiysi, muntazam ravishda jarrohlik amaliyoti yoʻli bilan oʻquvchilarning eshitish qobiliyatini tiklash ustida ish olib boriladi.

“Zamin” fondi, jismoniy holatidan qatʼi nazar, barcha bolajonlarga quvonch ulashishga tayyor. Zero, siz koʻzimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!”, - deya yakunlangan tabrik.

1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

Asosiy mavzular