Yangi ish o‘rinlarni qishloqda yaratish kerak - rossiyalik mutaxassis

© Roman DivulinDirektor Instituta professionalnogo kadrovika Valentina Mitrofanova
Direktor Instituta professionalnogo kadrovika Valentina Mitrofanova  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik mutaxassis fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda yangi ish o‘rinlari birinchi navbatda qishloq joylarida yaratilishi kerak.

TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. Kadrlar sohasida mutaxassislar tayyorlash instituti direktori Valentina Mitrofanova O‘zbekistonda ishsizlik muammosini hal qilish borasida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Mitrofanova fikriga ko‘ra, har bir mamlakat o‘zining hududiy va sanoat ustuvorliklarini anglab yetishi va ularni rivojlantirishi kerak. Ishsizlik muammosini hal qilish uchun esa, mamlakatda aholi qanday taqsimlanganini to‘g‘ri tushunish kerak.   

“O‘zbekistonda aholining yarmi qishloq hududlarida va yarmi shaharlarda yashaydi. Shuning uchun yangi ish o‘rinlari yaratishda qishloq aholisini qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish kerak. Bugun barcha prognozchilar ham qishloq xo‘jaligiga sarmoya kiritish – ustuvor sohaga aylanishi mumkinligini qayd etishmoqda”, - deydi Mitrofanova.

Ma’lumot uchun, pandemiya tufayli O‘zbekiston mehnat bozori kuchli bosim his qilmoqda. Ishsizlik soni oshmoqda. Xorijdan uyiga qaytgan 498 ming mehnat migrantlari – doimiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolardir. Bunday sharoitda O‘zbekiston imkon qadar ko‘proq ish o‘rinlari yaratishga harakat qilishi kerak, degan edi Mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Erkin Muhitdinov.

Mitrofanova rasskazala, kak mojno reshit problemu bezrabotisi v Uzbekistane
Yangiliklar lentasi
0