11:02 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
29810

Maxsus komissiya qarori bilan 5 iyundan boshlab “yashil” hududlarda diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat berilishi maʼlum qilingan edi. Biroq ularning ochilish sanasi borasida qoʻshimcha izoh berildi.

TOSHKENT, 4 iyun — Sputnik. Diniy muassasalar, masjidlar 2020 yil 8 iyundan boshlab faqat “yashil” hududlarda faoliyatini boshlaydi. Bu borada Respublika maxsus komissiyasining izohi eʼlon qilindi.

Qayd etilishicha, xavfsizlikni taʼminlash uchun ushbu maskanlarda 5-8 iyun kunlari sanitar choralar koʻriladi.

Masjidlarda sanitariya-epidemiologiya meʼyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda (himoya niqoblarini majburiy kiyish sharti bilan), ijtimoiy masofa saqlagan (tashrif buyuruvchilar orasidagi masofa kamida 1, 5-2 metr) holda namoz oʻqish mumkin boʻladi.

Biroq, fuqarolarning kasallikni nomaʼlum manbalardan yuqtirishi va aholi oʻrtasida koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida hozircha ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlanadi.

Avvalroq 5 iyundan boshlab “yashil” hududlarda diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat berilishi maʼlum qilingan edi.

Asosiy mavzular