06:02 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
71801

Soʻngi paytlarda mamlakat huquqni muhofaza qilish idoralari muntazam ravishda diniy ekstremistik tashkilotlar aʼzolarining hibsga olingani haqida xabarlar berishmoqda.

TOSHKENT, 12 iyun - Sputnik. 12 iyun kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Oʻzbekistonda taqiqlangan “Jihodchilar” ekstremistik oqimining bir guruh aʼzolarini hibsga oldilar. Bu haqda Respublika Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, Izboskan va Asaka tumanlarida istiqomat qiluvchi va ekstremistik guruh faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilingan bir qator fuqarolarning uylarida IIB Tergov boshqarmasi tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoiy ish doirasida tintuv va musodara ishlari olib borilgan.

"Olib borilgan tergov harakatlari natijalariga koʻra, ularning baʼzilarining telefon apparatlari va kompyuterlari xotiralarida taqiqlangan adabiyotlarning elektron nusxalari saqlanib, ularni fuqarolarga tarqatib, oʻzlarining tashviqot maqsadlarida foydalanishga harakat qilishgan", - deyiladi habarda.

Dastlabki tergov davomida guruhning baʼzi aʼzolari, ilgari Rossiyada mehnat migratsiyasida boʻlib, ekstremistik oqim taʼsiriga tushib, uning mafkurasini qoʻllab-quvvatlashgani maʼlum boʻldi. Boshqalari esa Internetda “Jihodchilar” harakatining targʻibot materiallarini koʻrishi natijasida uning tarafdorlari boʻldi va keyinchalik boshqa odamlarni ham bunga jalb qila boshladilar. Ularning barchasiga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Soʻngi paytlarda Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish idoralari muntazam ravishda diniy ekstremistik tashkilotlar aʼzolarining hibsga olingani haqida xabarlar berishmoqda. Shu yilning yanvar oyida mamlakat Ichki ishlar vazirligi Toshkentda faoliyat yuritayotgan taqiqlangan diniy ekstremistik harakatning bir guruh ishtirokchilarini qoʻlga olinganini maʼlum qildi. Shu hafta Surxondaryo viloyatida “Jihodchilar” guruhi aʼzolarining noqonuniy faoliyati bartaraf qilindi.

 

Asosiy mavzular