06:16 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
32710

Senat raisi jamiyatda oʻqituvchi obroʻyining tushib ketishi oqibatida ushbu kasb egalari ham oʻquvchilar ham ularning ota-onalari tomonidan tajovuzlarga duch kelayotgani haqida gapirib oʻtdi.

TOSHKENT, 19 iyun - Sputnik. Senatning bugun boʻlib oʻtgan yalpi majlisida Tanzila Narbayeva bolalar tarbiyasi masalasida ota-onalarga murojaat qildi.

Senat raisi aytishiga qaraganda bugungi kundan farzandining arzimagan shikoyati uchun maktabga yugurib kelib oʻqituvchiga “tashlanish”dan uyalmaydigan ota-onalar koʻpayib ketgan.

"Oʻqituvchi oʻquvchi yoki uning ota-onasi tomonidan oyoqosti qilinadigan odam emas, balki ziyo tarqatuvchi inson, kerak  boʻlsa  hammadan  bir  pogʻona  yuqori  turuvchi  shaxsdir. Albatta, qonunda javobgarlik belgilab qoʻyish bilan bu kabi muammolar oʻz-oʻzidan hal boʻlib qolmaydi. Bu ijtimoiy ong darajasiga yetishi, umummilliy harakatga aylanishi kerak", - dedi Narbayeva. 

Shu oʻrinda senat raisi buyuk alloma Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan soʻzlarini hamda xalqning “Eti sizniki, suyagi bizniki”, degan gaplarni xam keltirib oʻtdi.

Narbayeva ushbu hikmatli soʻzlarning dolzarbligi bugungi kunda yanada oshganini taʼkidlab oʻtdi. 

"Hurmatli ota-onalarga murojaat qilmoqchiman: farzandim hayotda oʻz oʻrnini topishda qiynalmasin, mustaqil fikrli, mulohazali inson boʻlib voyaga yetsin desangiz bolangiz qalbida oʻqituvchiga ehtirom hissini tarbiyalang va  oʻzingiz  ham  ustozlarni  eʼzozlang", - dedi Senat raisi. 

Asosiy mavzular