02:02 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
43220

Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 6025 nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytda 4273 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (70 foiz) sogʻaygan.

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Bugun, 20 iyun soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 6025 (+79) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali respublikaga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Ayni paytda 4273 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (70 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 1733 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 15 nafari ogʻir, 1 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular